إِنَّ عِدَّةَ ٱلشُّهُورِ عِندَ ٱللَّهِ ٱثْنَا عَشَرَ شَهْرًا فِى كِتَـٰبِ ٱللَّهِ يَوْمَ خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ مِنْهَآ أَرْبَعَةٌ حُرُمٌ ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلْقَيِّمُ ۚ فَلَا تَظْلِمُوا۟ فِيهِنَّ أَنفُسَكُمْ ۚ وَقَـٰتِلُوا۟ ٱلْمُشْرِكِينَ كَآفَّةً كَمَا يُقَـٰتِلُونَكُمْ كَآفَّةً ۚ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni o`n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to`rttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu to`g`ri dindir. U(oy)larda o`zingizga zulm qilmang. Mushriklarga qarshi jam bo`lib, ular sizga qarshi jam bo`lib urushayotgandek, urush qiling. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir.Албатта, Аллоҳнинг китобида ойларнинг сони Аллоҳнинг ҳузурида осмонлару ерни яратган куни ўн икки ой қилиб белгиланган. Улардан тўрттаси (уруш қилиш) ҳаром (ойлар)дир. Мана шу тўғри диндир. У(ой)ларда ўзингизга зулм қилманг. Мушрикларга қарши жам бўлиб, улар сизга қарши жам бўлиб урушаётгандек, уруш қилинг. Ва билингки, албатта, Аллоҳ тақводорлар биландир.Alauddin Mansour: Albatta, oylarning sanogʻi Allohning nazdida, Alloh osmonlar va Yerni yaratgan kunida belgilab qoʻyganidek, oʻn ikki oydir. Ulardan toʻrti (urush) harom qilingan (oylar)dir. Mana shu haq dindir (yaʼni, haq hukmdir). Bas, u oylarda (urushni halol deb jangga kirib) oʻzlaringizga zulm qilmangiz! Barcha mushriklar (bu hukmga qaramay) sizlarga qarshi jang qilgani kabi (birinchi boʻlib jang boshlasalar), sizlar ham barchangiz ularga qarshi jang qilingiz! Va bilingizki, Alloh taqvodorlar bilan birgadir.Албатта, ойларнинг саноғи Аллоҳнинг наздида, Аллоҳ осмонлар ва Ерни яратган кунида белгилаб қўйганидек, ўн икки ойдир. Улардан тўрти (уруш) ҳаром қилинган (ойлар)дир. Мана шу ҳақ диндир (яъни, ҳақ ҳукмдир). Бас, у ойларда (урушни ҳалол деб жангга кириб) ўзларингизга зулм қилмангиз! Барча мушриклар (бу ҳукмга қарамай) сизларга қарши жанг қилгани каби (биринчи бўлиб жанг бошласалар), сизлар ҳам барчангиз уларга қарши жанг қилингиз! Ва билингизки, Аллоҳ тақводорлар билан биргадир.
Ushbu oyati karima oylarning hisobi, tabiiy ravishda, Alloh osmonlaru yerni yaratgan paytdayoq, ularning harakatiga bogʻliq qilinib oʻn ikki etib belgilanganligini bayon qilmoqda.
Bu doimiy ravishda bir xil turadigan sobit hisobdir. Unda insonning hech dahli yoʻq. Inson faqat Alloh yaratgan narsalarga qarab, Alloh bergan aql bilan oylarni sanaydi, xolos.
«Albatta, Allohning kitobida oylarning soni, Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni oʻn ikki oy qilib belgilangan».
Oʻn bitta ham, oʻn uchta ham qilib boʻlmaydi. Yangi oy chiqqan kuni yangi oy boshlanadi. U yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kun boʻladi. Keyin yana yangisi chiqadi. Oldindan belgilab qoʻyilgan hisob bilan, oy toʻlin boʻlganda ham, yangi oy boshlandi, deyilmaydi. Bunday deyishlik xatolik hisoblanadi. Chunki, Allohning ishiga bandasi aralasha bilmaydi.
«Ulardan toʻrttasi (urush qilish) harom (oylar)dir».
Yaʼni, oʻn ikki oydan toʻrttasida urush qilish Alloh tomonidan harom qilingandir. Bu Zulqaʼda, Zulhijja, Muharram va Rajab oylari boʻlib, mazkur oylarda urush boshlash haromdir.
«Mana shu toʻgʻri dindir. U(oy)larda oʻzingizga zulm qilmang».
Yuqorida zikr qilingan hukm toʻgʻri din hukmidir. Islom hukmidir. Bu hukmga xilofan harom oylarda urush qilib, oʻzingizga zulm qilmang.
Agar mushriklar sizga urush eʼlon etsalar, siz ham:
«Mushriklarga qarshi jam boʻlib, ular sizga qarshi jam boʻlib urushayotgandek, urush qiling».
Chunki, bir taraf urush qilganda ikkinchi taraf jim tura olmaydi. Albatta, urush birovga rahim qilmaydi. Unda turli hollar boʻladi. Ammo, bu sizga turli nojoiz ishlarni qilishga bahona boʻla olmaydi. Siz musulmonsiz, doimo Allohning amrida yurishingiz kerak.
Shuning uchun:
«Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir».
U zot Oʻziga taqvo qiluvchilarga nusrat beradi.