إِلَّا تَنفِرُوا۟ يُعَذِّبْكُمْ عَذَابًا أَلِيمًا وَيَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ وَلَا تَضُرُّوهُ شَيْـًٔا ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar qo`zg`almasangiz, sizni alamli azob bilan azoblaydir. O`rningizga boshqa qavmni keltiradir. Siz Unga zarar keltira olmassiz. Alloh har bir narsaga qodirdir.Агар қўзғалмасангиз, сизни аламли азоб билан азоблайдир. Ўрнингизга бошқа қавмни келтирадир. Сиз Унга зарар келтира олмассиз. Аллоҳ ҳар бир нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Agar (jihodga) chiqmasangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblar va oʻrningizga boshqa bir qavmni keltirur. Sizlar esa U zotga biron ziyon yetkaza olmaysiz. Alloh hamma narsaga qodirdir.Агар (жиҳодга) чиқмасангизлар, (Аллоҳ) сизларни аламли азоб билан азоблар ва ўрнингизга бошқа бир қавмни келтирур. Сизлар эса У зотга бирон зиён етказа олмайсиз. Аллоҳ ҳамма нарсага қодирдир.
Bu xitob faqat Tabuk urushi safarbarligidan bosh tortmoqchi boʻlganlar uchun emas, balki hammaga tegishlidir. «Agar qoʻzgʻolmasangiz, sizni alamli azob bilan azoblaydir». Mabodo, musulmonlar Allohning yoʻlida qoʻzgʻolishdan bosh tortsalar, bu dunyoyu u dunyoning alamli azobiga uchraydilar. Dushmandan yengilib, xoru zor boʻladilar. Hamma narsadan ayriladilar. «Oʻrningizga boshqa qavmni keltiradir». Holbuki, qilayotgan oʻsha qilmishingiz bilan: «Siz Unga zarar keltira olmassiz». Balki zarar oʻzingizga keladi. «Alloh har bir narsaga qodirdir». Jumladan, sizni ketkazib oʻrningizga boshqa qavmni keltirishga qodir. Siz yordam bermasangiz, Paygʻambariga yolgʻiz Oʻzi yordam berishga ham qodir. Bunga tarixda misollar bor.