QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят55

فَلَا تُعْجِبْكَ أَمْوَٰلُهُمْ وَلَآ أَوْلَـٰدُهُمْ ۚ إِنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيُعَذِّبَهُم بِهَا فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَتَزْهَقَ أَنفُسُهُمْ وَهُمْ كَـٰفِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning mollari va bolalari seni ajablantirmasin. Aslida, Alloh o`sha narsalar sababli ularni hayoti dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi, xolos.Уларнинг моллари ва болалари сени ажаблантирмасин. Аслида, Аллоҳ ўша нарсалар сабабли уларни ҳаёти дунёда азоблашни ва кофир ҳолларида жонлари чиқишини хоҳлайди, холос.Alauddin Mansour: Bas, sizni ularning molu dunyolari va bola-chaqalari qiziqtirmasin! Chunki Alloh oʻsha narsalar sababli hayoti dunyoda ularni azob-uqubatga solishni va kofir boʻlgan hollarida, jonlari chiqishini istaydi, xolos.Бас, сизни уларнинг молу дунёлари ва бола-чақалари қизиқтирмасин! Чунки Аллоҳ ўша нарсалар сабабли ҳаёти дунёда уларни азоб-уқубатга солишни ва кофир бўлган ҳолларида, жонлари чиқишини истайди, холос.

196-sahifa · 10-juz · 20-hizb196-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَاbas, emasбас, эмасتُعْجِبْكَseni ajablantirmasinсени ажаблантирмасинأَمْوَٰلُهُمْularning mollariуларнинг моллариوَلَآva emasва эмасأَوْلَـٰدُهُمْ ۚularning bolalariуларнинг болалариإِنَّمَاaslida, faqatаслида, фақатيُرِيدُxohlaydiхоҳлайдиٱللَّهُAllohАллоҳلِيُعَذِّبَهُمularni azoblashniуларни азоблашниبِهَاoʻsha narsalar sababliўша нарсалар сабаблиفِى-da-даٱلْحَيَوٰةِhayotdaҳаётдаٱلدُّنْيَاdunyoдунёوَتَزْهَقَva chiqishiniва чиқишиниأَنفُسُهُمْjonlariжонлариوَهُمْholbuki, ularҳолбуки, уларكَـٰفِرُونَkofir hollaridaкофир ҳолларида
TafsirТафсир

Kofirlar va munofiqlardagi mavjud molu dunyolar, farzandlar, mansab va obroʻlar musulmonlarning havasini keltirmasligi kerak. Chunki, berilgan molu dunyoga, farzandlarga va boshqa im-tiyozlarga shukr qilmaslik, Allohning roziligi yoʻlida ishlatmaslik ularni boshga yetgan baloga aylantiradi. Munofiqlar xuddi oʻsha holga giriftordirlar. Ularga molu dunyo va koʻp farzandlar berish bilan, yaʼni:

«Aslida, Alloh oʻsha narsalar sababli ularni hayoti dunyoda azoblashni» istaydi.

Ularning toʻplagan mollari boshlariga balo boʻladi. Qayerga sarf qilsalar, oʻsha yerdan koʻngilsizlik yetadi. Erkatoy, beodob farzandlari ham yetti uxlab tushlariga kirmagan musiybatlarni keltirib chiqarishadi. Bular bilan Alloh ularning:

«...kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi, xolos».

Yaʼni, molu dunyo va farzand tashvishida tavba qilmay, bu dunyoda kofirliklaricha oʻtib, u dunyoda haqiqiy azobga giriftor boʻladilar.