QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят56

وَيَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ إِنَّهُمْ لَمِنكُمْ وَمَا هُم مِّنكُمْ وَلَـٰكِنَّهُمْ قَوْمٌ يَفْرَقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular o`zlari, albatta, sizdan ekanliklariga Alloh nomi ila qasam icharlar. Holbuki, ular sizdan emas. Lekin ular qo`rqadigan qavmdirlar.Улар ўзлари, албатта, сиздан эканликларига Аллоҳ номи ила қасам ичарлар. Ҳолбуки, улар сиздан эмас. Лекин улар қўрқадиган қавмдирлар.Alauddin Mansour: Ular oʻzlarining sizlar bilan birga ekanliklariga Alloh nomiga qasam ichadilar. Holbuki, ular sizlardan emasdirlar. Faqat ular qoʻrqoq qavmdirlar (yaʼni, munofiqliklari maʼlum boʻlib qolsa, boshlariga boshqa kofirlarning kuni tushib qolishidan qoʻrqadilar).Улар ўзларининг сизлар билан бирга эканликларига Аллоҳ номига қасам ичадилар. Ҳолбуки, улар сизлардан эмасдирлар. Фақат улар қўрқоқ қавмдирлар (яъни, мунофиқликлари маълум бўлиб қолса, бошларига бошқа кофирларнинг куни тушиб қолишидан қўрқадилар).

196-sahifa · 10-juz · 20-hizb196-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَحْلِفُونَva qasam icharlarва қасам ичарларبِٱللَّهِAlloh nomi ilaАллоҳ номи илаإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларلَمِنكُمْsizdandirlarсиздандирларوَمَاholbuki, emasҳолбуки, эмасهُمularуларمِّنكُمْsizdanсизданوَلَـٰكِنَّهُمْlekin ularлекин уларقَوْمٌۭqavmdirlarқавмдирларيَفْرَقُونَqoʻrqadiganқўрқадиган
TafsirТафсир

Munofiqlar sirtlaridan oʻzlarini musulmon qilib koʻrsatadilar, shuning uchun ham, Alloh nomi bilan qasam ichib, haqiqiy musulmonlardanmiz, demoqchi boʻladilar. Holbuki, ular sizdan emaslar. Lekin sizdan qoʻrqqanlaridan oʻzlarini musulmon qilib koʻrsatishga urinadilar.