QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят58

وَمِنْهُم مَّن يَلْمِزُكَ فِى ٱلصَّدَقَـٰتِ فَإِنْ أُعْطُوا۟ مِنْهَا رَضُوا۟ وَإِن لَّمْ يُعْطَوْا۟ مِنْهَآ إِذَا هُمْ يَسْخَطُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan sadaqalar ishida senga ayb qo`yadiganlari ham bor. Agar o`sha sadaqalardan ularga berilsa, ular rozi bo`larlar. Agar berilmasa, ko`ribsanki, g`azablanarlar.Улардан садақалар ишида сенга айб қўядиганлари ҳам бор. Агар ўша садақалардан уларга берилса, улар рози бўларлар. Агар берилмаса, кўрибсанки, ғазабланарлар.Alauddin Mansour: Ularning orasida sadaqotlar toʻgʻrisida sizga taʼna qilguvchi kimsalar ham bordir. Bas, agar oʻsha sadaqalardan ularga ham berilsa, rozi boʻladilar, agar berilmasa, birdan norozi boʻlib qoladilar.Уларнинг орасида садақотлар тўғрисида сизга таъна қилгувчи кимсалар ҳам бордир. Бас, агар ўша садақалардан уларга ҳам берилса, рози бўладилар, агар берилмаса, бирдан норози бўлиб қоладилар.

196-sahifa · 10-juz · 20-hizb196-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنْهُمva ulardanва уларданمَّنshunday kishikimшундай кишикимيَلْمِزُكَsenga ayb qoʻyadiсенга айб қўядиفِىishidaишидаٱلصَّدَقَـٰتِsadaqalarсадақаларفَإِنْbas, agarбас, агарأُعْطُوا۟ularga berilsaуларга берилсаمِنْهَاoʻshalardanўшаларданرَضُوا۟rozi boʻladilarрози бўладиларوَإِنva agarва агарلَّمْemasэмасيُعْطَوْا۟berilsalarберилсаларمِنْهَآoʻshalardanўшаларданإِذَاkoʻribsankiкўрибсанкиهُمْularуларيَسْخَطُونَgʻazablanadilarғазабланадилар
TafsirТафсир

Baʼzi munofiqlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sadaqalarni taqsimlash masalasida ochiqdan-ochiq taʼnalar qilganlar. U zot sollallohu alayhi vasallamni adolatsizlikda ayblaganlar.

Munofiqlarning Islomga va musulmonlarga zarar yetkazish uslublaridan biri ham musulmon rahbarlarni sadaqalarni adolatli taqsimlamaslikda ayblashdir. Hamma odamda molu dunyoga qiziqish boʻladi. Koʻpchilik orasida fitna qoʻzishning eng oson yoʻli–molu dunyo haqida janjal chiqarishdir. Buni yaxshi bilgan munofiqlar hech oʻylab oʻtirmay sadaqa taqsimlovchini adolatsizlikda ayblashga oʻtadilar.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlarida boʻlib oʻtgan ayrim hodisalar bu holni tasdiqlaydi. Imom Buxoriy roziyallohu anhu Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisga nazar solaylik:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sadaqalarni taqsimlab turganlarida, birdan Zul Huvaysir at-Tamimiy kelib:

«Ey Allohning Rasuli, adolat qil»,–dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Shoʻring qursin. Men adolat qilmasam, kim adolat qiladi?!»– dedilar. Shunda. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu:

«Menga izn bering, uning boʻynidan chopay»,–dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Mayli, qoʻyaver. Uning sheriklari bor, ularning namozining oldida siz oʻz namozingizni, roʻzalari oldida roʻzangizni arzimagan sanaysiz. Ammo, dindan xuddi oʻq kamondan chiqqandek tez chiqadilar»,–dedilar».

Eʼtibor beradigan boʻlsak, Zul Xuvaysir at-Tamimiy kela solib, hech narsani surishtirmay turiboq, Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamni adolatsizlikda ayblay boshlagan. Nima adolatsizlik, qachon va qay tariqa, kimga nisbatan, qancha miqdorda, degan savollarga javob yoʻq. Sadaqa bormi, bor.Taqsimlash boʻldimi, boʻldi. Demak, adolatsizlik boʻlishi turgan gap, degan tushunchaga borib, voqelikni oʻz qarichi bilan oʻlchab, tuhmatni qilavergan. Munofiqlar oʻzlari doimo adolatsizlik qilib yurganlari uchun, boshqalar ham shunday qilsa kerak, degan fikrdalar. Boʻlmasa, kimga taʼna qilayotganini oʻylamaydimi? Allohning Rasuliga-ya! Butun dunyoda adolat oʻrnatish uchun yuborilgan zotga-ya! Shuning uchun ham, unga:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Shoʻring qursin. Men adolat qilmasam, kim adolat qiladi?!»– dedilar».

Oʻsha betamiz munofiqning bemaʼniligi shu darajada ogʻir ediki, voqeaga guvoh boʻlgan sahobalar uni, oʻldirsa boʻlaveradigan gunoh qildi, deb tushundilar. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: «Menga izn bering, uning boʻynidan chopay»,–dedilar.

Ikkinchi bir rivoyatda ham xuddi shu holni koʻramiz.

Ibn Murdavayh hazrati Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda shunday deyiladi:

«Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Hunayn gʻazotida tushgan oʻljalarni taqsimlab turganlarida, bir odamning:

«Bu taqsimlash Alloh uchun boʻlmadi», deganini eshitdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib, u gapni yetkazgan edim, u kishi: «Musoga Allohning rahmati boʻlsin, bundan koʻproq ozorlarga ham sabr qilgan»,–dedilar».

Bu holda ham quruq tuhmat. Na dalil bor, na hujjat. Quruq daʼvo, avval aytganimizdek, oʻlja berish bormi, bor, taqsimlash bormi, bor. Demak, adolatsizlik ham bor, degan taxmin asosida qilingan tuhmat. Bunday tuhmatlarning asosiy sababi oyati karimaning oʻzida bayon qilinadi:

«Agar oʻsha sadaqalardan ularga berilsa, ular rozi boʻlarlar».

Munofiqlarga oʻsha molu dunyodan tegsa boʻldi, ularga manfaat yetsa boʻldi, hammayoq adolatga toʻlgan boʻladi. Ammo:

«Agar berilmasa, koʻribsanki, gʻazablanarlar».

Hamma yoqqa igʻvo, boʻhton tarqatadilar. Ularning fikricha, adolat oʻzlarining shaxsiy manfaatlaridan iboratdir.