وَلَوْ أَنَّهُمْ رَضُوا۟ مَآ ءَاتَىٰهُمُ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ وَقَالُوا۟ حَسْبُنَا ٱللَّهُ سَيُؤْتِينَا ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ وَرَسُولُهُۥٓ إِنَّآ إِلَى ٱللَّهِ رَٰغِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Alloh va Uning Rasuli ularga bergan narsalaridan rozi bo`lganlarida va «Alloh bizga kifoya qilur, bizga tezda Alloh va Uning Rasuli o`z fazlidan beradi. «Albatta, biz Allohga rag`bat qiluvchilarmiz», deganlarida, yaxshi bo`lardi.Агар Аллоҳ ва Унинг Расули уларга берган нарсаларидан рози бўлганларида ва «Аллоҳ бизга кифоя қилур, бизга тезда Аллоҳ ва Унинг Расули ўз фазлидан беради. «Албатта, биз Аллоҳга рағбат қилувчилармиз», деганларида, яхши бўларди.Alauddin Mansour: Agar ular Alloh va Uning paygʻambari ularga bergan narsaga rozi boʻlishib: «Alloh biz uchun kifoya qilur. Yaqinda Alloh va Uning paygʻambari bizga Oʻz fazlu karamidan (mol-dunyo ham, baxt saodat ham) berur, biz Allohning Oʻziga intilguvchi kishilarmiz», desalar edi (oʻzlari uchun yaxshi boʻlur edi).Агар улар Аллоҳ ва Унинг пайғамбари уларга берган нарсага рози бўлишиб: «Аллоҳ биз учун кифоя қилур. Яқинда Аллоҳ ва Унинг пайғамбари бизга Ўз фазлу карамидан (мол-дунё ҳам, бахт саодат ҳам) берур, биз Аллоҳнинг Ўзига интилгувчи кишилармиз», десалар эди (ўзлари учун яхши бўлур эди).
Bunday deyishlik yuqori odob namunasidir. Alloh va Uning Rasuli nima bersa, shunga chin qalbdan rozi boʻlish iymonning talabidir. Moʻmin-musulmon dilidagina rozi boʻlib qoʻyavermay, uni tiliga ham chiqarib aytadi. Kelajakda ham doimo Allohning Oʻzigagina ragʻbat qilishni taʼkidlab aytadi.
Ammo, munofiqlar undoq qilmadilar. Allohning Rasuli bergan narsani oz hisobladilar. U zot qilgan taqsimni adolatsiz taqsim hisobladilar. Bu borada Allohning Rasuliga ochiq-oydin taʼna toshi otishgacha borib yetdilar. Holbuki, sadaqalarni Allohning Rasuli oʻzlaricha taqsim qilmagan edilar.
Aslida, sadaqalarni boʻlishni ham Alloh Oʻz zimmasiga olgandir: