وَمِنْهُمُ ٱلَّذِينَ يُؤْذُونَ ٱلنَّبِىَّ وَيَقُولُونَ هُوَ أُذُنٌ ۚ قُلْ أُذُنُ خَيْرٍ لَّكُمْ يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَيُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِينَ وَرَحْمَةٌ لِّلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنكُمْ ۚ وَٱلَّذِينَ يُؤْذُونَ رَسُولَ ٱللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan Payg`ambarga ozor beradigan va: «U quloqdir» deydiganlar bor. «Sizga yaxshilik narsalarga quloqdir. Allohga iymon keltiradir, mo`minlarga ishonadir, sizlardan iymon keltirganlarga rahmatdir. Allohning Rasuliga ozor beradiganlarga alamli azob bordir», – deb ayt.Улардан Пайғамбарга озор берадиган ва: «У қулоқдир» дейдиганлар бор. «Сизга яхшилик нарсаларга қулоқдир. Аллоҳга иймон келтирадир, мўминларга ишонадир, сизлардан иймон келтирганларга раҳматдир. Аллоҳнинг Расулига озор берадиганларга аламли азоб бордир», – деб айт.Alauddin Mansour: Ularning orasida paygʻambarga ozor beradigan va «u (yaʼni, paygʻambar) quloq tutguvchi (yaʼni, eshitgan narsasiga ishonaveradigan kishi)», deydigan kimsalar bordir. Ayting: («Ha, u) sizlar uchun yaxshilik boʻlgan narsaga quloq tutguvchi, Allohga iymon keltiruvchi, moʻminlarga ishonadigan va sizlarning orangizdagi iymon keltirgan zotlar uchun rahmat-marhamati boʻlgan zotdir. Allohning paygʻambariga ozor beruvchi kimsalar uchun esa alamli azob bordir».Уларнинг орасида пайғамбарга озор берадиган ва «у (яъни, пайғамбар) қулоқ тутгувчи (яъни, эшитган нарсасига ишонаверадиган киши)», дейдиган кимсалар бордир. Айтинг: («Ҳа, у) сизлар учун яхшилик бўлган нарсага қулоқ тутгувчи, Аллоҳга иймон келтирувчи, мўминларга ишонадиган ва сизларнинг орангиздаги иймон келтирган зотлар учун раҳмат-марҳамати бўлган зотдир. Аллоҳнинг пайғамбарига озор берувчи кимсалар учун эса аламли азоб бордир».
Ulugʻ odob va axloq sohibi boʻlmish Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hamma bilan yaxshi muomalada boʻlardilar. Hammaning dardiga quloq osar edilar. Kim u zot sollallohu alayhi vasallam bilan soʻzlashsa, uning gapini eʼtibor bilan tinglardilar. Munofiqlar bu yuksak odob namunasidan ham egri xulosa chiqarib, mogʻor bosgan qalblari hiqdu hasadga toʻlib, fitna gap oʻylab chiqardilar. Mazkur oliy insoniy goʻzallikni kamchilikka yoʻydilar. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga «quloq» deb laqab qoʻydilar. Yaʼni, nima gapirilsa, eshitaveradi, yolgʻon gapirasanmi, aldaysanmi, masxara qilasanmi, farqiga bormaydi, deyishdi.
Oyatda Alloh taolo ularning bu kirdikorlarini fosh etmoqda:
«Ulardan Paygʻambarga ozor beradigan va: «U quloqdir» deydiganlar bor».
Ayni chogʻda, Alloh taolo ularning beodobliklariga qanday javob berishni ham Oʻz Paygʻambariga oʻrgatmoqda:
«Sizga yaxshilik narsalarga quloqdir».
Yaʼni, ha, u quloqdir, lekin sizlarga yaxshilik boʻladigan narsalarga quloqdir. U oʻziga kelgan vahiyga, Qurʼonga quloq osadi, bu esa, faqat yaxshilik, sizlarga yaxshilikdir. Shuningdek, u sizlarning gapingizga ham yaxshi quloq osuvchidir. Ammo, u faqat quloq solish sifatigagina ega emas. Boshqa oliy sifatlari ham juda koʻp. Jumladan u:
«Allohga iymon keltiradir».
Bu eng oliy sifatdir. Barcha yaxshi sifatlarning onasidir.
«Moʻminlarga ishonadir».
Ulardan koʻngli toʻq, chunki ularni iymonlari faqat yaxshi yoʻlga boshlaydi. Siz munofiqlarga oʻxshab doimo fitna qoʻzgʻash bilan mashgʻul boʻlmaydilar. Yana u:
«Sizlardan iymon keltirganlarga rahmatdir».
U barcha olamlarga rahmatdir. Ayniqsa, iymon keltirganlarga rahmatdir. Ularni ikki dunyo saodatiga boshlaydi.
Shunday sifatlarga ega boʻlgan Paygʻambarni doimo eʼzozlash, ehtirom qilish, ulugʻlash lozim. Siz boʻlsa, unga ozor berib yuribsiz.
«Allohning Rasuliga ozor beradiganlarga alamli azob bordir».
Keyingi oyatda munofiqlarning yana bir qabih sifati haqida xabar beriladi: