QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят62

يَحْلِفُونَ بِٱللَّهِ لَكُمْ لِيُرْضُوكُمْ وَٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥٓ أَحَقُّ أَن يُرْضُوهُ إِن كَانُوا۟ مُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular sizlarni rozi qilish uchun Allohning nomi ila qasam icharlar. Agar mo`min bo`lsalar, Allohni va Uning Rasulini rozi qilmoqlari haqli edi.Улар сизларни рози қилиш учун Аллоҳнинг номи ила қасам ичарлар. Агар мўмин бўлсалар, Аллоҳни ва Унинг Расулини рози қилмоқлари ҳақли эди.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), ular sizlarni rozi qilish uchun (paygʻambarga ozor bermadik, deb) Alloh nomiga qasam ichadilar. Holbuki, agar moʻmin boʻlganlarida, Alloh va Uning paygʻambarini rozi qilmoqlari loyiqroq ish edi.(Эй мўминлар), улар сизларни рози қилиш учун (пайғамбарга озор бермадик, деб) Аллоҳ номига қасам ичадилар. Ҳолбуки, агар мўмин бўлганларида, Аллоҳ ва Унинг пайғамбарини рози қилмоқлари лойиқроқ иш эди.

197-sahifa · 10-juz · 20-hizb197-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَحْلِفُونَqasam icharlarқасам ичарларبِٱللَّهِAlloh nomi ilaАллоҳ номи илаلَكُمْsizlargaсизларгаلِيُرْضُوكُمْsizlarni rozi qilish uchunсизларни рози қилиш учунوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳوَرَسُولُهُۥٓva Uning Rasuliва Унинг Расулиأَحَقُّhaqliroqdirҳақлироқдирأَن...lari...лариيُرْضُوهُUni rozi qilmoqlariУни рози қилмоқлариإِنagarагарكَانُوا۟boʻlsalarбўлсаларمُؤْمِنِينَmoʻminмўмин
TafsirТафсир

Munofiqlarning mashhur qabih sifatlaridan biri–odamlarni rozi qilish uchun Allohning nomi ila qasam ichishlaridir.

«Ular sizlarni rozi qilish uchun Allohning nomi ila qasam icharlar».

Odatda, munofiqlar har qanday sharoitga tezda moslashib, nima qilib boʻlsa ham, vaziyatdan qutulib chiqishga urinadilar. Kishilardagi iymon va diyonat tuygʻularini qoʻzgʻotib, ularni ishontirib, vaziyatdan qutulish uchun Allohning nomi bilan qasam ham ichaveradilar. Maqsadlari–odamlarni rozi qilish.

«Agar moʻmin boʻlsalar, Allohni va Uning Rasulini rozi qilmoqlari haqli edi».

Ha agar ular haqiqiy moʻminlar boʻlganlarida, har bir ishni Allohning va Paygʻambarning roziligi uchun qilardilar.