أَلَمْ يَعْلَمُوٓا۟ أَنَّهُۥ مَن يُحَادِدِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَأَنَّ لَهُۥ نَارَ جَهَنَّمَ خَـٰلِدًا فِيهَا ۚ ذَٰلِكَ ٱلْخِزْىُ ٱلْعَظِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular kimki Allohga va Uning Rasuliga xilof qilsa, albatta, unga jahannam otash bo`lib, unda abadiy qolishini, ana shu katta sharmandalik ekanligini bilmaslarmi?!Улар кимки Аллоҳга ва Унинг Расулига хилоф қилса, албатта, унга жаҳаннам оташ бўлиб, унда абадий қолишини, ана шу катта шармандалик эканлигини билмасларми?!Alauddin Mansour: Ular kimda-kim Alloh va Uning paygʻambari chizgan chiziqdan chiqsa, uning uchun oʻzi abadiy qoladigan jahannam otashi boʻlishini va bu ulugʻ-katta rasvolik ekanini bilmadilarmi?!Улар кимда-ким Аллоҳ ва Унинг пайғамбари чизган чизиқдан чиқса, унинг учун ўзи абадий қоладиган жаҳаннам оташи бўлишини ва бу улуғ-катта расволик эканини билмадиларми?!
Yaʼni, bu hammaga maʼlum haqiqat-ku! Nahotki, munofiqlar shuni ham bilmasalar? Agar bilsalar, munofiq boʻlmasliklari, Alloh va Uning Rasuli buyruqlariga xilof ish qilmasliklari kerak edi.