QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят64

يَحْذَرُ ٱلْمُنَـٰفِقُونَ أَن تُنَزَّلَ عَلَيْهِمْ سُورَةٌ تُنَبِّئُهُم بِمَا فِى قُلُوبِهِمْ ۚ قُلِ ٱسْتَهْزِءُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ مُخْرِجٌ مَّا تَحْذَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Munofiqlar ularga qalblaridagi narsaning xabarini beradigan sura nozil bo`lishidan qo`rqarlar. Sen: «Istehzo qilaveringlar. Alloh siz qo`rqayotgan narsani albatta chiqarguvchidir», – deb ayt.Мунофиқлар уларга қалбларидаги нарсанинг хабарини берадиган сура нозил бўлишидан қўрқарлар. Сен: «Истеҳзо қилаверинглар. Аллоҳ сиз қўрқаётган нарсани албатта чиқаргувчидир», – деб айт.Alauddin Mansour: Bu munofiqlar oʻzlari haqida dillaridagi narsadan (yaʼni, munofiqliklaridan) ogohlantiradigan biron sura nozil boʻlib qolishidan qoʻrqadilar-u (yana paygʻambar va moʻminlarni) masxara qilib kuladilar. Ayting: «Kulaveringlar, Alloh sizlar (fosh boʻlib qolishidan) qoʻrqayotgan narsani albatta (yuzaga) chiqarguvchidir».Бу мунофиқлар ўзлари ҳақида дилларидаги нарсадан (яъни, мунофиқликларидан) огоҳлантирадиган бирон сура нозил бўлиб қолишидан қўрқадилар-у (яна пайғамбар ва мўминларни) масхара қилиб куладилар. Айтинг: «Кулаверинглар, Аллоҳ сизлар (фош бўлиб қолишидан) қўрқаётган нарсани албатта (юзага) чиқаргувчидир».

197-sahifa · 10-juz · 20-hizb197-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَحْذَرُqoʻrqarlarқўрқарларٱلْمُنَـٰفِقُونَmunofiqlarмунофиқларأَن...idan...иданتُنَزَّلَnozil boʻlishiнозил бўлишиعَلَيْهِمْulargaуларгаسُورَةٌۭsuraсураتُنَبِّئُهُمularga xabar beradiganуларга хабар берадиганبِمَاnarsaningнарсанингفِى-dagi-дагиقُلُوبِهِمْ ۚqalblariқалблариقُلِaytайтٱسْتَهْزِءُوٓا۟istehzo qilaveringlarистеҳзо қилаверингларإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳمُخْرِجٌۭchiqarguvchidirчиқаргувчидирمَّاnarsaniнарсаниتَحْذَرُونَsiz qoʻrqayotganсиз қўрқаётган
TafsirТафсир

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlarida yashagan munofiqlar har doim musulmonlar bilan birga yurganlaridan, nozil boʻlayotgan oyatlar va suralardan xabardor edilar. Ular baʼzi vaqtlarda sura nozil boʻlib, hech kim bilmaydigan yashirin ishlar ham fosh qilinayotganining jonli guvohi edilar. Oʻzlari munofiqlik qilib, yashirin gaplar aytib yoki dillarida Islomga, musulmonlarga qarshi oʻy-fikrlarni tugib yurishar edi. Ammo, biron sura nozil boʻlib, qalbimizdagi sirni ochib qoʻymasa edi deb, qoʻrqardilar ham.

Ushbu oyati karimada Alloh taolo ularning mazkur holatlarini bayon qilib:

«Munofiqlar ularga qalblaridagi narsaning xabarini beradigan sura nozil boʻlishidan qoʻrqadilar», demoqda.

Bu ularning doimiy xavfsirab yurishlarini aks ettiradi. Munofiqning ichi boshqa, tashi boshqa boʻladi: doimo fitnani qoʻzib qoʻyadi-da, soʻng oʻzi qoʻrqib yuradi. Ammo, bu kirdikorlari, baribir, vaqti-soati kelib fosh boʻlishi turgan gap. Bu haqiqatni oyatning davomidan anglaymiz. Unda Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib:

«Istehzo qilaveringlar, albatta, Alloh siz qoʻrqayotgan narsani chiqarguvchidir, – deb ayt»,–demoqda.

Ular qoʻrqayotgan narsa qalblarida Islomga va musulmonlarga nisbatan yashirilgan yomonlikdir. Ana oʻsha narsani, ular har qancha yashirsalar ham, Alloh taolo payti kelganda yuzaga chiqaruvchidir. Munofiqlar oʻz nifoqlarini har qancha yashirib oʻzlarini muxlis musulmon etib koʻrsatishga jon-jahdlari ila tirishsalar ham, dardni isitmasi oshkor qiladi, deganlaridek, hayotda uchrab turagigan sinov hodisalari tufayli ularning munofiqliklari tezda fosh boʻlib qoladi.