QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят65

وَلَئِن سَأَلْتَهُمْ لَيَقُولُنَّ إِنَّمَا كُنَّا نَخُوضُ وَنَلْعَبُ ۚ قُلْ أَبِٱللَّهِ وَءَايَـٰتِهِۦ وَرَسُولِهِۦ كُنتُمْ تَسْتَهْزِءُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ulardan so`rasang, albatta: «Biz faqat o`zimizcha gap qilib o`ynayotgan edik, xolos», – deyishadi. Sen: «Allohni va Uning oyatlarini istehzo qilayotgan edingizmi?» – deb ayt.Агар улардан сўрасанг, албатта: «Биз фақат ўзимизча гап қилиб ўйнаётган эдик, холос», – дейишади. Сен: «Аллоҳни ва Унинг оятларини истеҳзо қилаётган эдингизми?» – деб айт.Alauddin Mansour: Qasamki, agar ulardan (nega sizning ustingizdan kulganlari haqida) soʻrasangiz, albatta ular: «Biz faqat bahslashib, hazillashib kelyapmiz, xolos», deydilar. Ayting: «Allohdan, Uning oyatlaridan, Uning paygʻambaridan kuluvchi boʻldingizmi?»Қасамки, агар улардан (нега сизнинг устингиздан кулганлари ҳақида) сўрасангиз, албатта улар: «Биз фақат баҳслашиб, ҳазиллашиб келяпмиз, холос», дейдилар. Айтинг: «Аллоҳдан, Унинг оятларидан, Унинг пайғамбаридан кулувчи бўлдингизми?»

197-sahifa · 10-juz · 20-hizb197-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَئِنva agarва агарسَأَلْتَهُمْulardan soʻrasangулардан сўрасангلَيَقُولُنَّalbatta, derlarалбатта, дерларإِنَّمَاfaqatфақатكُنَّاbiz edikбиз эдикنَخُوضُoʻzimizcha gap qilibўзимизча гап қилибوَنَلْعَبُ ۚva oʻynayotganва ўйнаётганقُلْaytайтأَبِٱللَّهِAllohnimiАллоҳнимиوَءَايَـٰتِهِۦva Uning oyatlariniва Унинг оятлариниوَرَسُولِهِۦva Rasuliniва Расулиниكُنتُمْedingizэдингизتَسْتَهْزِءُونَistehzo qilayotganистеҳзо қилаётган
TafsirТафсир

Yaʼni, agar munofiqlardan oʻsha istehzo qilib aytgan gaplari haqida soʻrasang, ular, biz hech narsa deganimiz yoʻq, faqat shunday, oʻzimizcha gaplashdik, oʻynashdik, xolos, deydilar. Sen ularga haqiqatni ayt:

«Allohni va Uning oyatlarini istehzo qilayotgan edingizmi?»

Chunki, ularning qilmishlari shundan iborat. Kelasi oyatda munofiqlarga xitoban aytiladiki: