QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят66

لَا تَعْتَذِرُوا۟ قَدْ كَفَرْتُم بَعْدَ إِيمَـٰنِكُمْ ۚ إِن نَّعْفُ عَن طَآئِفَةٍ مِّنكُمْ نُعَذِّبْ طَآئِفَةًۢ بِأَنَّهُمْ كَانُوا۟ مُجْرِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uzr aytmanglar. Batahqiq, iymoningizdan keyin kufr keltirdingiz. Agar sizdan bir toifani afv etsak, boshqa toifani jinoyatchi bo`lganlari uchun azoblaymiz.Узр айтманглар. Батаҳқиқ, иймонингиздан кейин куфр келтирдингиз. Агар сиздан бир тоифани афв этсак, бошқа тоифани жиноятчи бўлганлари учун азоблаймиз.Alauddin Mansour: Uzr aytmanglar! Sizlar iymon keltirganingizdan soʻng yana kufrga qaytdingiz. Agar sizlardan bir toifani (chin ixlos bilan tavba qilganlari uchun) afv qilsak, boshqa bir toifani jinoyatchi boʻlganliklari sababli azoblaymiz.Узр айтманглар! Сизлар иймон келтирганингиздан сўнг яна куфрга қайтдингиз. Агар сизлардан бир тоифани (чин ихлос билан тавба қилганлари учун) афв қилсак, бошқа бир тоифани жиноятчи бўлганликлари сабабли азоблаймиз.

197-sahifa · 10-juz · 20-hizb197-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَاemasэмасتَعْتَذِرُوا۟uzr aytmanglarузр айтмангларقَدْbatahqiqбатаҳқиқكَفَرْتُمkufr keltirdingizкуфр келтирдингизبَعْدَkeyinкейинإِيمَـٰنِكُمْ ۚiymoningizdanиймонингизданإِنagarагарنَّعْفُavf etsakавф этсакعَن-ni-ниطَآئِفَةٍۢbir toifaniбир тоифаниمِّنكُمْsizdanсизданنُعَذِّبْazoblaymizазоблаймизطَآئِفَةًۢboshqa toifaniбошқа тоифаниبِأَنَّهُمْular ...lari uchunулар ...лари учунكَانُوا۟boʻlganlariбўлганлариمُجْرِمِينَjinoyatchiжиноятчи
TafsirТафсир

Siz qilar ishni qilib qoʻyib, uzr aytishingizdan foyda yoʻq. Iymon keltirgandan soʻng, unda sobit turganingizda, boshqa gap edi. Ammo, siz iymondan keyin kufr keltirib, munofiq boʻldingiz. Endi uzr aytmang. Bilmasdan, jaholat bilan sizga qoʻshilib qolgan toifani afv etsak ham, boshqalaringizni jinoyatchi boʻlganlaringiz uchun, albatta azoblaymiz.

Bu oyatlar barcha munofiqlarga tegishli boʻlsa ham, ularning nuzuliga bevosita sabab boʻlgan hodisalar haqidagi rivoyatlarni ulamolarimiz kitoblarida keltirganlar.

Jumladan, Muhammad ibn Ishoq roziyallohu anhu quyidagi rivoyatni keltiradilar: «Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Tabuk gʻazotiga joʻnayotganlarida bir guruh munofiqlar, jumladan, Vodiyʼa ibn Sobit va Muxashsho ibn Humayrlar ham birga edilar. Ular bir- birlariga: «Bani Asfarga qarshi urushish turli arboblarning bir- birlari bilan urushuga teng deb oʻylaysizlarmi? Allohga qasamki, bizga xuddi ertaga arqonga bogʻlangan holingiz koʻrinyapti»,–deb moʻminlarni qoʻrqitdilar. Muxashsho ibn Humayr: «Allohga qasamki, bizdan har bir kishiga yuz darradan urilsa, yaxshi boʻlar edi. Sizning aytayotgan bu gaplaringiz uchun biz haqimizda Qurʼon nozil boʻlsagina, najot topishimiz mumkin»,–dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ammor ibn Yasirga: «Anavi qavmning oldiga bor. Ular yonmoqdalar. Ulardan nima deganlari haqida soʻra. Agar inkor qilsalar: «Yoʻq, bunday-bunday dedingiz, deb ayt»–dedilar. Ammor ularning oldiga borib, oʻsha gaplarni aytdi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga uzr aytib keldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulovlariga minib turgan edilar. Vodiyʼa ibn Sobit ulovning jilovidan ushlab olib: «Ey, Allohning Rasuli, biz oʻzimizcha gaplashib oʻynagan edik, xolos», deya boshladi. Muxashsho ibn Humayr esa: «Mening ismim va otamning ismi shunga boshladi»,–dedi. (Yomon maʼnodagi ismlar ekanligiga ishora qilinmoqda.) Ushbu oyatda, afv qilinadi, degani Muxashsho ibn Humayrdir. U «Abdurrohman» ismini oldi va Allohdan shahid boʻlishni va qayerda oʻlgani bilinmasligini soʻradi. Yamoma urushida shahid boʻldi va uning asari topilmadi.

Munofiqlarning sifatlari va kirdikorlari sanab chiqilgandan soʻng, endi, ularga beriladigan azoblar haqida soʻz ketadi: