QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят67

ٱلْمُنَـٰفِقُونَ وَٱلْمُنَـٰفِقَـٰتُ بَعْضُهُم مِّنۢ بَعْضٍ ۚ يَأْمُرُونَ بِٱلْمُنكَرِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمَعْرُوفِ وَيَقْبِضُونَ أَيْدِيَهُمْ ۚ نَسُوا۟ ٱللَّهَ فَنَسِيَهُمْ ۗ إِنَّ ٱلْمُنَـٰفِقِينَ هُمُ ٱلْفَـٰسِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Munofiq erkaklar va munofiq ayollar hammalari birdirlar, yomonlikka buyururlar, yaxshilikdan qaytarurlar va qo`llarini mahkam yumarlar. Allohni unutdilar, bas, U ham ularni unutdi. Albatta, munofiqlar — ular fosiqlardir.Мунофиқ эркаклар ва мунофиқ аёллар ҳаммалари бирдирлар, ёмонликка буюрурлар, яхшиликдан қайтарурлар ва қўлларини маҳкам юмарлар. Аллоҳни унутдилар, бас, У ҳам уларни унутди. Албатта, мунофиқлар — улар фосиқлардир.Alauddin Mansour: Munofiq erkaklar va munofiq ayollar bir-birlaridandirlar (yaʼni, kofirlikda bir-birlariga oʻxshaydilar). Ular yomonlikka buyuradilar, yaxshilikdan toʻxtatadilar va (Alloh yoʻlida infoq-ehson qilishdan) qoʻllarini (oʻzlarini) tiyadilar. Ular Allohni unutishgach, Alloh ham ularni unutdi. Albatta, munofiqlar haqiqiy fosiq-itoatsizdirlar.Мунофиқ эркаклар ва мунофиқ аёллар бир-бирларидандирлар (яъни, кофирликда бир-бирларига ўхшайдилар). Улар ёмонликка буюрадилар, яхшиликдан тўхтатадилар ва (Аллоҳ йўлида инфоқ-эҳсон қилишдан) қўлларини (ўзларини) тиядилар. Улар Аллоҳни унутишгач, Аллоҳ ҳам уларни унутди. Албатта, мунофиқлар ҳақиқий фосиқ-итоатсиздирлар.

197-sahifa · 10-juz · 20-hizb197-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلْمُنَـٰفِقُونَmunofiq erkaklarмунофиқ эркакларوَٱلْمُنَـٰفِقَـٰتُva munofiq ayollarва мунофиқ аёлларبَعْضُهُمularning baʼzilariуларнинг баъзилариمِّنۢ-dan-данبَعْضٍۢ ۚbaʼzilari (hammalari birdir)баъзилари (ҳаммалари бирдир)يَأْمُرُونَbuyurarlarбуюрарларبِٱلْمُنكَرِyomonlikkaёмонликкаوَيَنْهَوْنَva qaytararlarва қайтарарларعَنِ-dan-данٱلْمَعْرُوفِyaxshilikяхшиликوَيَقْبِضُونَva mahkam yumarlarва маҳкам юмарларأَيْدِيَهُمْ ۚqoʻllariniқўллариниنَسُوا۟unutdilarунутдиларٱللَّهَAllohniАллоҳниفَنَسِيَهُمْ ۗbas, U ham ularni unutdiбас, У ҳам уларни унутдиإِنَّalbattaалбаттаٱلْمُنَـٰفِقِينَmunofiqlarмунофиқларهُمُularуларٱلْفَـٰسِقُونَfosiqlardirфосиқлардир
TafsirТафсир

Munofiqlar qayerda boʻlsalar ham, kimligidan qatʼinazar, erkak-ayol boʻlsin, nima ish qilmasin, baribir munofiqdir. Hammalari ham bir goʻr.

«Munofiq erkaklar va munofiq ayollar hammalari birdirlar».

Chunki, asllari bir. Koʻrsatadigan faoliyatlarining maʼnosi bir. Ular:

«...yomonlikka buyururlar, yaxshilikdan qaytarurlar va qoʻllarini mahkam yumarlar».

Ular doimo kishilarni yomon ishlarga, gunohga, Allohning amriga qarshi chiqishga, harom-xarishga buyuradilar. Ayni chogʻda, yaxshilikdan, iymondan, Islomdan, taqvodan, jihoddan qaytaradilar.

Oyatdagi «qoʻllarini mahkam yumadilar» iborasi baxillikni anglatadigan kinoyadir. Yaxshilikka mol-mulk sarflamaydilar. Ular:

«Allohni unutdilar, bas, U ham ularni unutdi».

Munofiqlar mazkur qilmishlari bilan Allohni unutdilar. Unga itoat qilmadilar. Esdan chiqardilar. Alloh ularning qilmishlariga yarasha jazo berdi.

«Albatta, munofiqlar – ular fosiqlardir».

Iymondan chiqqanlar, undan judo boʻlganlardir.

Albatta shunchalik nobakorliklari, yomonliklari va gunohlari ila munofiqlar oʻz hollariga tek qoʻyilmaydilar. Ular oʻz jazolarini olishlari lozim. Kelasi oyati karimada Alloh taolo tomonidan munofiqlarga ravo koʻrilgan jazolardan baʼzilari zikr etiladi.