وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْمُنَـٰفِقِينَ وَٱلْمُنَـٰفِقَـٰتِ وَٱلْكُفَّارَ نَارَ جَهَنَّمَ خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۚ هِىَ حَسْبُهُمْ ۚ وَلَعَنَهُمُ ٱللَّهُ ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ مُّقِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh munofiq erkaklarga, munofiq ayollarga va kofirlarga jahannam otashini va'da qildi. Unda abadiy qolurlar. O`sha ular uchun yetarlidir. Hamda Alloh ularni la'natladi. Ularga doimiy azob bordir.Аллоҳ мунофиқ эркакларга, мунофиқ аёлларга ва кофирларга жаҳаннам оташини ваъда қилди. Унда абадий қолурлар. Ўша улар учун етарлидир. Ҳамда Аллоҳ уларни лаънатлади. Уларга доимий азоб бордир.Alauddin Mansour: Alloh munofiq va munofiqalarga hamda kofirlarga ular abadiy qoladigan jahannam otashini vaʼda qildiki, oʻsha ular uchun yetarlidir. Alloh ularni laʼnatladi. Ular uchun doimiy azob bordir.Аллоҳ мунофиқ ва мунофиқаларга ҳамда кофирларга улар абадий қоладиган жаҳаннам оташини ваъда қилдики, ўша улар учун етарлидир. Аллоҳ уларни лаънатлади. Улар учун доимий азоб бордир.
Ushbu oyati karimada munofiqlarga beriladigan jazolarning oxiratdagisi va eng ulugʻi ulgurji ravishda tafsilotsiz bayon etilmoqda:
«Alloh munofiq erkaklarga, munofiq ayollarga va kofirlarga jahannam otashini vaʼda qildi».
Ushbu jumlada umulashtirilib, munofiqlarga deb qoʻyavermasdan, alohida-alohida qilib,munofiq erkaklarga, munofiq ayollarga va kofirlarga, deyilishi ham ularga oxiratda boʻladigan azob shiddatli boʻlishini taʼkidlaydi. Alloh taolo tamonidan jahannam otashining vaʼda qilinishi esa, ularning jahannam otashida jizgʻinak boʻlib kuyishlariga zarracha ham shubha yoʻqligini bildiradi. Chunki, Alloh taoloning vaʼdasi haqdir. Mazkur munofiq va kofirlar jahannam otashida bir marta yoki maʼlum muddat kuyib, soʻngra qutulib qolmaydilar. Balki,
«Unda abadiy qolurlar. Oʻsha ular uchun yetarlidir».
Shundoq boʻlsa ham, ularga yana boshqa azob-uqubatlar ham bor.
«Hamda Alloh ularni laʼnatladi. Ularga doimiy azob bordir».
Bularning hammasi ularning qilmishlariga munosib jazodir.
Kelasi oyatda munofiqlarga bevosita xitob qilinib, ey munofiqlar, sizlar: