QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят71

وَٱلْمُؤْمِنُونَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتُ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍ ۚ يَأْمُرُونَ بِٱلْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَيُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَيُطِيعُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ سَيَرْحَمُهُمُ ٱللَّهُ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo`min erkaklar va mo`mina ayollar bir-birlariga do`stdirlar. Ular yaxshilikka buyururlar, yomonlikdan qaytarurlar, namozni to`kis ado eturlar, zakotni berurlar hamda Allohga va Uning Rasuliga itoat qilurlar. Ana o`shalarga Alloh tezda rahim qilur. Albatta, Alloh g`olib va hikmatli Zotdir.Мўмин эркаклар ва мўмина аёллар бир-бирларига дўстдирлар. Улар яхшиликка буюрурлар, ёмонликдан қайтарурлар, намозни тўкис адо этурлар, закотни берурлар ҳамда Аллоҳга ва Унинг Расулига итоат қилурлар. Ана ўшаларга Аллоҳ тезда раҳим қилур. Албатта, Аллоҳ ғолиб ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Moʻmin va moʻminalar bir-birlariga doʻstdirlar. Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan toʻxtatadilar, namozni toʻkis ado etadilar, zakotni (haqdorlarga) ato etadilar, Alloh va Uning paygʻambariga itoat qiladilar. Ana oʻshalarga Alloh rahm qilur. Shak-shubhasiz, Alloh qudratli, hikmatlidir.Мўмин ва мўминалар бир-бирларига дўстдирлар. Улар яхшиликка буюрадилар, ёмонликдан тўхтатадилар, намозни тўкис адо этадилар, закотни (ҳақдорларга) ато этадилар, Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига итоат қиладилар. Ана ўшаларга Аллоҳ раҳм қилур. Шак-шубҳасиз, Аллоҳ қудратли, ҳикматлидир.

198-sahifa · 10-juz · 20-hizb198-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلْمُؤْمِنُونَva moʻmin erkaklarва мўмин эркакларوَٱلْمُؤْمِنَـٰتُva moʻmina ayollarва мўмина аёлларبَعْضُهُمْularning baʼzilariуларнинг баъзилариأَوْلِيَآءُdoʻstdirlarдўстдирларبَعْضٍۢ ۚbaʼzilarigaбаъзиларигаيَأْمُرُونَbuyurarlarбуюрарларبِٱلْمَعْرُوفِyaxshilikkaяхшиликкаوَيَنْهَوْنَva qaytararlarва қайтарарларعَنِ-dan-данٱلْمُنكَرِyomonlikёмонликوَيُقِيمُونَva toʻkis ado etarlarва тўкис адо этарларٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниوَيُؤْتُونَva berarlarва берарларٱلزَّكَوٰةَzakotniзакотниوَيُطِيعُونَva itoat qilarlarва итоат қиларларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаوَرَسُولَهُۥٓ ۚva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalargaана ўшаларгаسَيَرْحَمُهُمُtezda rahm qilurтезда раҳм қилурٱللَّهُ ۗAllohАллоҳإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَزِيزٌgʻolibғолибحَكِيمٌۭhikmatli zotdirҳикматли зотдир
TafsirТафсир

Bu vasflar munofiqlar haqida kelgan vasfga tamoman zid ekanligi ochiq-oydin koʻrinib turibdi. Munofiqlarning bir xil ekanliklari, ular doimo bir-birlariga oʻxshashlari taʼkidlangan boʻlsa, moʻminlarning oʻzaro doʻst–valiy ekanliklari aytilmoqda.

«Moʻmin erkaklar va moʻmina ayollar bir-birlariga doʻstdirlar».

Yaʼni, munofiqlar bir-birlariga qanchalik oʻxshasalar ham, hech qachon oʻzaro valiy–doʻst boʻla olmaydilar. Chunki, valiylik– doʻstlikning oʻziga yarasha vazifalari boʻladi. Valiy odam doʻstiga yordam berishi, ogʻir hollarda qutqarishi, uni deb oʻzini oʻtga-choʻqqa urishi va koʻpgina mashaqqatlar chekishi lozim. Munofiq hech qachon bu ishlarni qila olmaydi. U doimo oʻzini oʻylaydi, qoʻrqoq boʻladi, qiyinchiliklardan qochadi.

Munofiqlar yomonlikka buyurib, yaxshilikdan qaytarishar edi. Oʻzlarining yomonlik va qabohatlari yetmagandek, boshqalarni ham yomonlikka buyurib, yaxshilikdan qaytarishardi.

Moʻminlar esa, bir-birlariga doʻst boʻlish bilan birga:

«Ular yaxshilikka buyuradilar, yomonlikdan qaytarurlar».

Yaʼni, jamoat shaklida yaxshilik qilishga urinadilar, koʻplashib yomonlikka qarshi kurashadilar. Alloh taolo ularga yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarishni farz qilib qoʻygan.

Munofiqlar namozga doimo dangasalik bilan keladilar, ragʻbat va ixlos bilan oʻqimaydilar. Moʻminlar esa:

«Namozni toʻkis ado eturlar».

Ixlos bilan, xushu-xuzuʼ bilan namoz oʻqiydilar. Bu ham ularning koʻzga koʻringan sifatlaridan biri. Namozni dangasalik bilan oʻqish munofiqlarning sifati. Namozni oʻqimaslik esa, kofirlarning sifati.

Munofiqlarning «Qoʻllari mahkam yumilgan» edi. Ular molu mulklaridan boshqalarga berishni istamas edilar. Moʻminlar esa:

«zakotni berurlar».

Bu ularga Alloh tarafidan farz qilingan. Mollaridan birodarlariga maʼlum miqdorda berishni ibodat deb biladilar.

Munofiqlar «Allohni unutgan», Alloh va Uning Rasuliga itoat qilmas edilar. Moʻminlar esa:

«Allohga va Uning Rasuliga itoat qilurlar».

Ular Alloh va Paygʻambarning amridan boshqaning amriga boʻysunmaydilar. Alloh va Rasulining shariatidan boshqa dasturlari yoʻq. Islom taʼlimotidan boshqa taʼlimotlari ham yoʻq.

«Ana oʻshalarga Alloh tezda rahim qilur. Albatta, Alloh gʻolib va hikmatli Zotdir».

Bu ham munofiqlarga beriladigan jazoga qarama-qarshi bir holdir. Munofiqlir jahannam otashiga kiritilib, Alloh tomonidan laʼnatlanib, doimiy azobda qolishlari aytilgan edi. Moʻminlarni esa, Alloh taolo tezda rahim qilishi taʼkidlanmoqda.

Boshqa mukofotlar esa, kelasi oyatda vasf qilinadi.