QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят72

وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتِ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَا وَمَسَـٰكِنَ طَيِّبَةً فِى جَنَّـٰتِ عَدْنٍ ۚ وَرِضْوَٰنٌ مِّنَ ٱللَّهِ أَكْبَرُ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh mo`min er va mo`mina ayollarga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni, ularda abadiy qolishni va barqarorlik jannatidan pokiza maskanlarni va'da qildi. Allohdan bo`ladigan rozilik esa, eng ulug`idir. Ana o`sha ulkan yutuqdir.Аллоҳ мўмин эр ва мўмина аёлларга остидан анҳорлар оқиб турган жаннатларни, уларда абадий қолишни ва барқарорлик жаннатидан покиза масканларни ваъда қилди. Аллоҳдан бўладиган розилик эса, энг улуғидир. Ана ўша улкан ютуқдир.Alauddin Mansour: Alloh moʻmin, moʻminalarga ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy qoladigan jannatlar va jannat bogʻlaridagi pokiza maskanlarni vaʼda qildi. Allohning roziligi esa hamma narsadan ulugʻroqdir. Mana shu Haqiqiy buyuk baxtdir.Аллоҳ мўмин, мўминаларга остидан дарёлар оқиб турадиган, улар абадий қоладиган жаннатлар ва жаннат боғларидаги покиза масканларни ваъда қилди. Аллоҳнинг розилиги эса ҳамма нарсадан улуғроқдир. Мана шу Ҳақиқий буюк бахтдир.

198-sahifa · 10-juz · 20-hizb198-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَعَدَvaʼda qildiваъда қилдиٱللَّهُAllohАллоҳٱلْمُؤْمِنِينَmoʻmin erkaklargaмўмин эркакларгаوَٱلْمُؤْمِنَـٰتِva moʻmina ayollargaва мўмина аёлларгаجَنَّـٰتٍۢjannatlarniжаннатларниتَجْرِىoqib turganоқиб турганمِن-dan-данتَحْتِهَاostidanостиданٱلْأَنْهَـٰرُanhorlarанҳорларخَـٰلِدِينَabadiy qolguvchi holdaабадий қолгувчи ҳолдаفِيهَاulardaулардаوَمَسَـٰكِنَva maskanlarniва масканларниطَيِّبَةًۭpokizaпокизаفِى-da-даجَنَّـٰتِjannatlariжаннатлариعَدْنٍۢ ۚbarqarorlik (adn)барқарорлик (адн)وَرِضْوَٰنٌۭva rozilikва розиликمِّنَ-dan-данٱللَّهِAllohАллоҳأَكْبَرُ ۚeng ulugʻidirэнг улуғидирذَٰلِكَana oʻshaана ўшаهُوَoʻziўзиٱلْفَوْزُyutuqdirютуқдирٱلْعَظِيمُulkanулкан
TafsirТафсир

Kofir va munofiqlarni jahannam kutib turgan boʻlsa, moʻmin va moʻminalarni ajoyib jannatlar kutib turibdi. Kofirlar va munofiqlar doʻzaxda abadiy azob cheksalar, moʻmin va moʻminalar jannatda abadiy maza qiladilar. Ularni doimiy istiqomat qiladigan jannatlarida pokiza maskanlar kutib turibdi. Lekin bu moʻmin va moʻminalarga berilgan mukofotning oxirgi darajasi emas. Ularga beriladigan mukofotning eng ulugʻi Allohning roziligidir. Bu mukofotning oldida jannatlar va ularning bitmas-tuganmas neʼmatlari ham hech gap boʻlmay qoladi. Yaʼni, Allohning roziligiga erishish:

«Ana oʻsha ulkan yutuqdir».

Keyingi oyatda kofir va munofiqlar bilan qanday munosabatda boʻlish haqida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ushbu xitob qilinadi: