۞ وَمِنْهُم مَّنْ عَـٰهَدَ ٱللَّهَ لَئِنْ ءَاتَىٰنَا مِن فَضْلِهِۦ لَنَصَّدَّقَنَّ وَلَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan: «Agar U zot O`z fazlidan bersa, albatta, sadaqa qilamiz va, albatta, ahli solihlardan bo`lamiz», – deb Allohga ahd beruvchilar bor.Улардан: «Агар У зот Ўз фазлидан берса, албатта, садақа қиламиз ва, албатта, аҳли солиҳлардан бўламиз», – деб Аллоҳга аҳд берувчилар бор.Alauddin Mansour: Ularning orasida: «Qasamki, agar (Alloh) bizga Oʻz fazlu karamidan (mol-davlat) ato qilsa, albatta biz kambagʻallarga sadaqotlar qilurmiz va solih bandalardan boʻlurmiz», deb Allohga ahd-paymon beradigan kimsalar ham bordir.Уларнинг орасида: «Қасамки, агар (Аллоҳ) бизга Ўз фазлу карамидан (мол-давлат) ато қилса, албатта биз камбағалларга садақотлар қилурмиз ва солиҳ бандалардан бўлурмиз», деб Аллоҳга аҳд-паймон берадиган кимсалар ҳам бордир.
Oyati karimalarda munofiqlar nafaqat musulmonlarni yoki Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamni, balki Alloh taoloni ham aldashga urinishlari koʻrinib turibdi.
«Ulardan: «Agar U zot Oʻz fazlidan bersa, albatta, sadaqa qilamiz va, albatta, ahli solihlardan boʻlamiz», – deb Allohga ahd beruvchilar bor.
U zot Oʻz fazlidan bergan chogʻda esa, baxillik qilib, yuz oʻgirib, orqaga qarab ketarlar».
Qalbda iymoni boʻlmagandan keyin, shunday boʻlishi turgan gap. Munofiq, biror narsaga erishib olish uchun, qancha vaʼda kerak boʻlsa, beraveradi? Maqsadga erishgandan keyin esa, vaʼdalarni unutadi. Bergan vaʼdasi qolib, oʻzi boshqa tomon ketadi. Ammo, bu qilmishlarining oqibati yaxshi boʻlmaydi. Alloh ularning qalbiga munofiqlikni doimiy ravishda, qiyomat kunigacha davom etadigan qilib soladi.
«Bas, Allohga bergan vaʼdalariga xilof qilganlari va yolgʻon gapirganlari uchun Unga roʻbaroʻ boʻladigan kungacha qalblarida nifoqni oqibat qilib qoʻydi».
Natijada, doimo munofiqlik qilib, gunohlarini koʻpaytirib turadilar va qiyomat kuni ashaddiy azobga duchor boʻladilar.
Qiziq: