فَلَمَّآ ءَاتَىٰهُم مِّن فَضْلِهِۦ بَخِلُوا۟ بِهِۦ وَتَوَلَّوا۟ وَّهُم مُّعْرِضُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot O`z fazlidan bergan chog`da esa, baxillik qilib, yuz o`girib, orqaga qarab ketarlar.У зот Ўз фазлидан берган чоғда эса, бахиллик қилиб, юз ўгириб, орқага қараб кетарлар.Alauddin Mansour: Endi qachonki (Alloh) ularga Oʻz fazlu karamidan (mol-davlat) ato qilsa, unga baxillik qilurlar va yuz oʻgirgan hollarida keturlar.Энди қачонки (Аллоҳ) уларга Ўз фазлу карамидан (мол-давлат) ато қилса, унга бахиллик қилурлар ва юз ўгирган ҳолларида кетурлар.
Oyati karimalarda munofiqlar nafaqat musulmonlarni yoki Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamni, balki Alloh taoloni ham aldashga urinishlari koʻrinib turibdi.
«Ulardan: «Agar U zot Oʻz fazlidan bersa, albatta, sadaqa qilamiz va, albatta, ahli solihlardan boʻlamiz», – deb Allohga ahd beruvchilar bor.
U zot Oʻz fazlidan bergan chogʻda esa, baxillik qilib, yuz oʻgirib, orqaga qarab ketarlar».
Qalbda iymoni boʻlmagandan keyin, shunday boʻlishi turgan gap. Munofiq, biror narsaga erishib olish uchun, qancha vaʼda kerak boʻlsa, beraveradi? Maqsadga erishgandan keyin esa, vaʼdalarni unutadi. Bergan vaʼdasi qolib, oʻzi boshqa tomon ketadi. Ammo, bu qilmishlarining oqibati yaxshi boʻlmaydi. Alloh ularning qalbiga munofiqlikni doimiy ravishda, qiyomat kunigacha davom etadigan qilib soladi.
«Bas, Allohga bergan vaʼdalariga xilof qilganlari va yolgʻon gapirganlari uchun Unga roʻbaroʻ boʻladigan kungacha qalblarida nifoqni oqibat qilib qoʻydi».
Natijada, doimo munofiqlik qilib, gunohlarini koʻpaytirib turadilar va qiyomat kuni ashaddiy azobga duchor boʻladilar.
Qiziq: