فَأَعْقَبَهُمْ نِفَاقًا فِى قُلُوبِهِمْ إِلَىٰ يَوْمِ يَلْقَوْنَهُۥ بِمَآ أَخْلَفُوا۟ ٱللَّهَ مَا وَعَدُوهُ وَبِمَا كَانُوا۟ يَكْذِبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Allohga bergan va'dalariga xilof qilganlari va yolg`on gapirganlari uchun Unga ro`baro` bo`ladigan kungacha qalblarida nifoqni oqibat qilib qo`ydi.Бас, Аллоҳга берган ваъдаларига хилоф қилганлари ва ёлғон гапирганлари учун Унга рўбарў бўладиган кунгача қалбларида нифоқни оқибат қилиб қўйди.Alauddin Mansour: Bas, (sadaqotlar berurmiz), deb Allohga bergan vaʼdalariga xilof qilganlari va (iymon keltirganmiz), deb yolgʻon gapiruvchi boʻlganlari sababli (Alloh) ularga to Uning Oʻziga roʻbaroʻ boʻladigan Kungacha dillarida nifoq boʻlishini qismat qilib qoʻydi.Бас, (садақотлар берурмиз), деб Аллоҳга берган ваъдаларига хилоф қилганлари ва (иймон келтирганмиз), деб ёлғон гапирувчи бўлганлари сабабли (Аллоҳ) уларга то Унинг Ўзига рўбарў бўладиган Кунгача дилларида нифоқ бўлишини қисмат қилиб қўйди.
Oyati karimalarda munofiqlar nafaqat musulmonlarni yoki Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamni, balki Alloh taoloni ham aldashga urinishlari koʻrinib turibdi.
«Ulardan: «Agar U zot Oʻz fazlidan bersa, albatta, sadaqa qilamiz va, albatta, ahli solihlardan boʻlamiz», – deb Allohga ahd beruvchilar bor.
U zot Oʻz fazlidan bergan chogʻda esa, baxillik qilib, yuz oʻgirib, orqaga qarab ketarlar».
Qalbda iymoni boʻlmagandan keyin, shunday boʻlishi turgan gap. Munofiq, biror narsaga erishib olish uchun, qancha vaʼda kerak boʻlsa, beraveradi? Maqsadga erishgandan keyin esa, vaʼdalarni unutadi. Bergan vaʼdasi qolib, oʻzi boshqa tomon ketadi. Ammo, bu qilmishlarining oqibati yaxshi boʻlmaydi. Alloh ularning qalbiga munofiqlikni doimiy ravishda, qiyomat kunigacha davom etadigan qilib soladi.
«Bas, Allohga bergan vaʼdalariga xilof qilganlari va yolgʻon gapirganlari uchun Unga roʻbaroʻ boʻladigan kungacha qalblarida nifoqni oqibat qilib qoʻydi».
Natijada, doimo munofiqlik qilib, gunohlarini koʻpaytirib turadilar va qiyomat kuni ashaddiy azobga duchor boʻladilar.
Qiziq: