ٱلَّذِينَ يَلْمِزُونَ ٱلْمُطَّوِّعِينَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ فِى ٱلصَّدَقَـٰتِ وَٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ إِلَّا جُهْدَهُمْ فَيَسْخَرُونَ مِنْهُمْ ۙ سَخِرَ ٱللَّهُ مِنْهُمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo`minlardan ko`ngilli bo`lib sadaqa qiluvchilarni va o`z kuchlari yetgandan boshqani topa olmaydiganlarni ayblaydigan va masxara qiladiganlarni Alloh masxara qiladir va ularga alamli azob bo`ladir.Мўминлардан кўнгилли бўлиб садақа қилувчиларни ва ўз кучлари етгандан бошқани топа олмайдиганларни айблайдиган ва масхара қиладиганларни Аллоҳ масхара қиладир ва уларга аламли азоб бўладир.Alauddin Mansour: Moʻminlar orasidan oʻz xohishi bilan sadaqotlar qiluvchi kishilarni va (infoq-ehon qilish uchun) kuchlari yetgan narsani topib kelgan kishilarni ayblab, masxara qiladigan kimsalarni Alloh masxara qilur va ular uchun alamli azob bordir.Мўминлар орасидан ўз хоҳиши билан садақотлар қилувчи кишиларни ва (инфоқ-эҳон қилиш учун) кучлари етган нарсани топиб келган кишиларни айблаб, масхара қиладиган кимсаларни Аллоҳ масхара қилур ва улар учун аламли азоб бордир.
Bu oyatni yaxshiroq tushunishimizga oyati karima nozil boʻlishi paytidagi hodisalarni oʻrganishimiz yordam beradi.
Ibn Jarir Tobariy va ibn Hibbon rahmatullohi alayhimolar Ikrima roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Tabuk gʻazotiga chiqish paytida) odamlarni sadaqa qilishga qiziqtirdilar. Abdurrohman ibn Avf toʻrt ming (tillo tanga) keltirib:
«Ey, Allohning Rasuli, molim sakkiz mingdan iborat edi. Yarmini olib keldim, yarmisini olib qoldim»,–dedi. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh sening olib kelganingga ham, olib qolganingga ham baraka bersin»,–dedilar. Abu Aqiym bir soʼ xurmo keltirib:
«Ey, Allohning Rasuli, ikki soʼ xurmo topgan edim, bir soʼni Robbimga qarzga beraman, bir soʼni ahli ayolimga»,–dedi. Munofiqlar uni ayblab masxara qildilar:
«Abdurrohman ibn Avf faqat riyo uchun bergan edi, Alloh va Uning Rasuli manavining soʼiga muhtojlarmi?!»–deyishdi».
Yaʼni, munofiqlarning malomatidan koʻp sadaqa bergan ham, oz sadaqa qilgan ham qutula olmadi. Munofiqlar har doim va hamma joyda malomatdan boshqaga yaramaydilar. Oʻzlari biror ish qilmay, pul-mol sarflamay yuradilar. Ammo, qilganlarni ayblash va masxara qilish bilan ovora boʻladilar. Oyati karimada undoq kimsalarni:
«Moʻminlardan koʻngilli boʻlib sadaqa qiluvchilarni va oʻz kuchlari yetgandan boshqani topa olmaydiganlarni ayblaydigan va masxara qiladiganlar»,–deb vasf qilinmoqda.
Xalqimizda bu holni toʻliq vasf qiluvchi «Oʻzi berolmaydi, berganni koʻrolmaydi», degan naql bor. Ular moʻmin-musulmonlarni masxara qiladilar, ammo vaqti kelganda ularni:
«Alloh masxara qiladi va ularga alamli azob boʻladir».
Chunki, ularning ishlari tuzalib boʻlmaydigan darajada qattiq buzilgan. Hatto Paygʻambar alayhissalom ular uchun istigʻfor aytsalar ham, gunohlari magʻfirat qilinmaydi.