QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tawbah surasi · Oyatсураси · Оят81

فَرِحَ ٱلْمُخَلَّفُونَ بِمَقْعَدِهِمْ خِلَـٰفَ رَسُولِ ٱللَّهِ وَكَرِهُوٓا۟ أَن يُجَـٰهِدُوا۟ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَقَالُوا۟ لَا تَنفِرُوا۟ فِى ٱلْحَرِّ ۗ قُلْ نَارُ جَهَنَّمَ أَشَدُّ حَرًّا ۚ لَّوْ كَانُوا۟ يَفْقَهُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular, Allohning Rasuliga xilof qilib ortda qolganlar o`tirgan joylarida xursand bo`ldilar va Allohning yo`lida mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilishni yoqtirmadilar hamda: «Issiqda qo`zg`almanglar», – dedilar. «Jahannamning otashi issiqroq, agar tushunsalar», – deb ayt.Улар, Аллоҳнинг Расулига хилоф қилиб ортда қолганлар ўтирган жойларида хурсанд бўлдилар ва Аллоҳнинг йўлида моллари ва жонлари билан жидду жаҳд қилишни ёқтирмадилар ҳамда: «Иссиқда қўзғалманглар», – дедилар. «Жаҳаннамнинг оташи иссиқроқ, агар тушунсалар», – деб айт.Alauddin Mansour: (Jihodga chiqishdan) qolgan munofiqlar Allohning paygʻambariga xilof qilib qolganlaridan xursand boʻldilar va molu jonlari bilan Alloh yoʻlida jihod qilishni istamadilar hamda (bir-birlariga): «Bu issiqda urushga chiqmanglar», dedilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Agar ular anglay olsalar, jahannam otashi yanada issiqroqir».(Жиҳодга чиқишдан) қолган мунофиқлар Аллоҳнинг пайғамбарига хилоф қилиб қолганларидан хурсанд бўлдилар ва молу жонлари билан Аллоҳ йўлида жиҳод қилишни истамадилар ҳамда (бир-бирларига): «Бу иссиқда урушга чиқманглар», дедилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Агар улар англай олсалар, жаҳаннам оташи янада иссиқроқир».

200-sahifa · 10-juz · 20-hizb200-саҳифа · 10-жуз · 20-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَرِحَxursand boʻldilarхурсанд бўлдиларٱلْمُخَلَّفُونَortda qolganlarортда қолганларبِمَقْعَدِهِمْoʻtirgan joylaridaўтирган жойларидаخِلَـٰفَxilof qilibхилоф қилибرَسُولِRasuligaРасулигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَكَرِهُوٓا۟va yoqtirmadilarва ёқтирмадиларأَن...ni...ниيُجَـٰهِدُوا۟jihod qilishniжиҳод қилишниبِأَمْوَٰلِهِمْmollari bilanмоллари биланوَأَنفُسِهِمْva jonlari bilanва жонлари биланفِى-da-даسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَقَالُوا۟va dedilarва дедиларلَاemasэмасتَنفِرُوا۟qoʻzgʻolinglarқўзғолингларفِى-da-даٱلْحَرِّ ۗissiqиссиқقُلْsen aytсен айтنَارُotashiоташиجَهَنَّمَjahannamningжаҳаннамнингأَشَدُّqattiqroqdirқаттиқроқдирحَرًّۭا ۚissiqlikdaиссиқликдаلَّوْagarагарكَانُوا۟edilarэдиларيَفْقَهُونَtushunsalarтушунсалар
TafsirТафсир

Munofiqlarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xilof qilib, urushga bormay, safarbarlikdan qochishlariga ularning iymonlari yoʻqligi, qoʻrqoqliklari, bu dunyoga berilganliklari va baxilliklari sabab boʻlgan. Ular urushga bormay qolganliklarini sogʻ-salomatlik, qiyinchilikka duchor boʻlmaslik va behudaga mol sarflamaslik, deb xursand boʻldilar. Ha,

«Ular, Allohning Rasuliga xilof qilib ortda qolganlar, oʻtirgan joylarida xursand boʻldilar va Allohning yoʻlida mollari va jonlari bilan jihod qilishni yoqtirmadilar».

Ular Allohning yoʻlida na jonlarini qiynashni va na mollarini sarflashni–hech birini xohlamadilar. Bu ham yetmagandek:

«Issiqda qoʻzgʻalmanglar»,–dedilar».

Yaʼni, odamlarni ham oʻzlariga oʻxshab safarbarlikdan qochishga chaqirdilar. Ular bu dunyoning arzimagan issigʻidan qochishmoqdayu, ammo oʻzlarini oxiratning ashaddiy issigʻiga duchor qilishmoqda. Alloh bu haqiqatni ularga eslatishni Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam buyurib:

«Jahannamning otashi issiqroq, agar tushunsalar», – deb ayt»,–demoqda.

Ular, oʻzlaricha, urushdan qolganlariga xursand boʻlib yuribdilar. Lekin qilgan ishlari xursand boʻladigan ish emas.