QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Balad surasi · Oyatсураси · Оят4

لَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ فِى كَبَدٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz insonni mashaqqatda yaratdik.Батаҳқиқ, Биз инсонни машаққатда яратдик.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz insonni mehnat-mashaqqatga yaratdik.Дарҳақиқат, Биз инсонни меҳнат-машаққатга яратдик.

594-sahifa · 30-juz · 60-hizb594-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَقَدْbatahqiqбатаҳқиқخَلَقْنَاBiz yaratdikБиз яратдикٱلْإِنسَـٰنَinsonniинсонниفِى-da-даكَبَدٍmashaqqatdaмашаққатда
TafsirТафсир

Darhaqiqat, boshqa maxluqotlarga nisbatan insonning bu dunyodagi ishlari mashaqqat ila koʻchadi. Sahobalardan hazrati Abdulloh ibn Abbos bu maʼnoning sharhida: «Uning homilada boʻlishi ham, tugʻilishi ham, emishi ham, koʻkrakdan ajratilishi ham, yashashi ham, hayoti ham, oʻlimi ham oʻziga yarasha mashaqqatli boʻladi», degan ekanlar.

Baʼzi mufassirlarimiz: bu oyati karimada Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam va musulmonlarga ularning dinu diyonat yoʻlida koʻrayotgan azob-uqubatlari va mashaqqatlariga tasalli berish bor, deydilar. Yaʼni, ularga, oʻzingizga yetgan mashaqqatlardan mahzun boʻlib, tushkunlikka tushmanglar, inson oʻzi kim boʻlsa ham, bu dunyoda mashaqqat tortishi bor, degan maʼnodagi tasalli berish bordir.

Kelasi oyatda kofir, Alloh taoloning qudratini tan olmaydigan insonning tabiati haqida xabar beriladi.