QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Balad surasi · Oyatсураси · Оят5

أَيَحْسَبُ أَن لَّن يَقْدِرَ عَلَيْهِ أَحَدٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U inson unga hech kimning kuchi yetmas, deb hisoblarmi?У инсон унга ҳеч кимнинг кучи етмас, деб ҳисобларми?Alauddin Mansour: U oʻziga hech kimning kuchi yetmaydi, deb oʻylarmi?!У ўзига ҳеч кимнинг кучи етмайди, деб ўйларми?!

594-sahifa · 30-juz · 60-hizb594-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَيَحْسَبُhisoblaydimi?ҳисоблайдими?أَنdebдебلَّنhargiz emasҳаргиз эмасيَقْدِرَkuchi yetadiкучи етадиعَلَيْهِunga (ustiga)унга (устига)أَحَدٌۭhech kimҳеч ким
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻsha kofir, mol-mulki va kuch-quvvati gʻururga ketkazgan shaxs, menga hech kimning quvvati yetmaydi, deb oʻylaydimi? Odatda, molu dunyo, kuch-quvvat gʻururga ketkazgan kofirlar shu xayolga borib qoladilar. Buni molu mulkning oʻzlariga kelishini qandoq tushunishlarini bayon qiluvchi oldingi oyatlardan ham tushunib olgan edik. Ushbu oyati karima nozil boʻlgan paytda ham oʻzida xuddi shu maʼnoni mujassam qiluvchi shaxslar bor edi. Tafsirchilarimiz bunga Abul Ashudd ibn Kalda ismli kofirni misol qilib keltiradilar. U kuchli odam boʻlib, oʻz quvvati ila magʻrurlanib yurar edi. Abul Ashudd yerga hayvon terisini toʻshab, ustiga chiqib turib, kim meni bu yerdan qimirlatsa, unga buncha mukofot, der edi. Oʻn kishi tortib, teri parcha-parcha boʻlib ketsa ham, uning oyoqlari qimir etmay turaverar edi. Keyin haligi kofir, menga birovning kuchi yetmaydi, deb gerdayib yurar edi.

Shu bilan birga, kofir oʻzining behudaga, iymon va Islomga qarshi sarflagan molini ham oʻziga foyda beradi, deb hisoblab yuradi. Shuning uchun: