QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shams surasi · Oyatсураси · Оят11

كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِطَغْوَىٰهَآ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Samud qavmi o`z tug`yoni ila yolg`onga chiqardi.Самуд қавми ўз туғёни ила ёлғонга чиқарди.Alauddin Mansour: Samud (qabilasi) haddan oshganlari sababli (oʻz paygʻambarlarini) yolgʻonchi qilishdi.Самуд (қабиласи) ҳаддан ошганлари сабабли (ўз пайғамбарларини) ёлғончи қилишди.

595-sahifa · 30-juz · 60-hizb595-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَذَّبَتْyolgʻonga chiqardiёлғонга чиқардиثَمُودُSamud (qavmi)Самуд (қавми)بِطَغْوَىٰهَآoʻz tugʻyoni ilaўз туғёни ила
TafsirТафсир

Samud qavmi Arabiston yarim oroli, Hijoz diyorining shimoliy qismida Hijr deb ataladigan yurtda istiqomat qilar edi. U yurt hozir Madoini Solih, deb ataladi. Alloh taolo Samud qavmiga oʻz ichlaridan Solih alayhissalomni Paygʻambar qilib yubordi. Ammo samudliklar oʻz Paygʻambarlari keltirgan dinga iymon keltirmadilar, uni yolgʻonga chiqardilar. Samud qavmi Solih alayhissalomdan oʻz Paygʻambarliklarining tasdiqi sifatida moʻʼjiza keltirishni talab qildilar. Shunda Alloh taolo Solih alayhissalomga moʻʼjiza qilib xarsang tosh ichidan tuya chiqarib bergan va oʻsha moʻʼjiza tuyaga yomonlik yetkazmaslik, Hijrning suv manbasida navbat bilan bir kun tuya, bir kun Samud qavmi suv ichishi kerakligini amr qilgan. Shu bilan birga, tuyaga nisbatan tajovuzkorlik qilsalar, qattiq azobga yoʻliqishlarini ham taʼkidlagan. Moʻʼjiza tuya maʼlum muddat oʻsha yerda oʻtlab, navbati kelgan kunda suvni ichib yurgan. Tuyaning bu holda yurishi ilohiy moʻʼjiza oʻlaroq koʻpchilikning iymonga kelishiga sabab boʻlgan. Bu esa, Samud qavmining ashroflarini, boshliqlarini tashvishga solgan, ular odamlar iymonga kelsalar, oʻz martabalarini yoʻqotib qoʻyishdan xavfga tushganlar. Ular tuyani soʻyishni maslahat qila boshlaganlar. Paygʻambarlari Solih alayhissalom ularni bu nobakorlikdan qaytarganlar. Lekin ular oʻz jinoyatlarini amalga oshirish yoʻlida mahkam turganlar va ichlaridagi eng badbaxt shaxs Qador ibn Saalif ismli odam moʻʼjiza tuyani soʻygan. Ana shundan keyin Alloh taolo ularning hammasini azobga giriftor qilib, halok etgan. Faqat, Paygʻambar Solih alayhissalom va u kishiga iymon keltirgan kishilargina omon qolganlar.

Endi, qissaning tafsilotini oʻrganib olganimizdan soʻng, qolgan oyatlar maʼnosini ham oʻrganib chiqaylik.