وَلَسَوْفَ يَرْضَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va albatta, tezda rozi bo`ladir.Ва албатта, тезда рози бўладир.Alauddin Mansour: Va yaqinda (Parvardigori unga ato etadigan mukofot — jannat neʼmatlaridan) rozi boʻlur.Ва яқинда (Парвардигори унга ато этадиган мукофот — жаннат неъматларидан) рози бўлур.
Yaʼni, oxiratda bu qilgan amallariga Allohning bergan mukofotlaridan rozi boʻladi.
Koʻpchilik tafsirchilarimiz bu oyatlarda «ashqo»(badbaxt)dan murod Umayyatu ibn Xalaf va «atqo»(taqvodor)dan murod hazrati Abu Bakr Siddiq deyishadi. Yaʼni, bu oyatlar shu ikki shaxs haqida nozil boʻlgan, deb nozil boʻlish sababi haqida quyidagi qissani rivoyat hiladilar: Umayyatu ibn Xalaf Bilol ibn Raboh ismli qulini musulmon boʻlgani uchun qattiq azoblay boshlabdi. Kun qattiq qizigan paytda issiqqa olib chiqib, koʻkragiga xarsang tosh bostirib qoʻyar, Muhammadga kufr keltirasan, boʻlmasa, oʻlguningcha, shundoq turasan, der ekan. Bir kuni ularning oldidan Abu Bakr Siddiq oʻtib qolibdilar va Umayyaga:
«Alloh taolodan qoʻrqmaysanmi? Bu bechorani qachongacha azoblaysan?», debdilar. Umayya boʻlsa:
«Buni sen buzding, rahim qilsang, azobdan qutqarib ol!»–debdi. Shunda Abu Bakr Siddiq hazrati Bilolni sotib olib, ozod qilgan ekanlar. Shundan soʻng yuqoridagi oyatlar nozil boʻlibdi. Oyatlarning nozil boʻlish sababi xos kishilar uchun boʻlsa ham, hukmi hammaga barobardir.