إِلَّا ٱبْتِغَآءَ وَجْهِ رَبِّهِ ٱلْأَعْلَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Faqat, o`zining oliy maqom Robbining roziligini so`rab qiladir.Фақат, ўзининг олий мақом Роббининг розилигини сўраб қиладир.Alauddin Mansour: U faqat eng oliy zot boʻlmish Parvardigorining Yuzini — rizoligini istab (mol-davlatini sarf qilur).У фақат энг олий зот бўлмиш Парвардигорининг Юзини — ризолигини истаб (мол-давлатини сарф қилур).
Yaʼni, oxiratda bu qilgan amallariga Allohning bergan mukofotlaridan rozi boʻladi.
Koʻpchilik tafsirchilarimiz bu oyatlarda «ashqo»(badbaxt)dan murod Umayyatu ibn Xalaf va «atqo»(taqvodor)dan murod hazrati Abu Bakr Siddiq deyishadi. Yaʼni, bu oyatlar shu ikki shaxs haqida nozil boʻlgan, deb nozil boʻlish sababi haqida quyidagi qissani rivoyat hiladilar: Umayyatu ibn Xalaf Bilol ibn Raboh ismli qulini musulmon boʻlgani uchun qattiq azoblay boshlabdi. Kun qattiq qizigan paytda issiqqa olib chiqib, koʻkragiga xarsang tosh bostirib qoʻyar, Muhammadga kufr keltirasan, boʻlmasa, oʻlguningcha, shundoq turasan, der ekan. Bir kuni ularning oldidan Abu Bakr Siddiq oʻtib qolibdilar va Umayyaga:
«Alloh taolodan qoʻrqmaysanmi? Bu bechorani qachongacha azoblaysan?», debdilar. Umayya boʻlsa:
«Buni sen buzding, rahim qilsang, azobdan qutqarib ol!»–debdi. Shunda Abu Bakr Siddiq hazrati Bilolni sotib olib, ozod qilgan ekanlar. Shundan soʻng yuqoridagi oyatlar nozil boʻlibdi. Oyatlarning nozil boʻlish sababi xos kishilar uchun boʻlsa ham, hukmi hammaga barobardir.