QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Layl surasi · Oyatсураси · Оят19

وَمَا لِأَحَدٍ عِندَهُۥ مِن نِّعْمَةٍ تُجْزَىٰٓ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biror kishining unda qaytarilishi lozim yaxshiligi yo`q edi.Бирор кишининг унда қайтарилиши лозим яхшилиги йўқ эди.Alauddin Mansour: U (taqvodor zot) huzurida — zimmasida biron kimsaga qaytariladigan neʼmat yoʻqdir. (Yaʼni, u biron kimsaning oʻziga oʻtkazib qoʻygan yaxshiligini qaytarish uchun xayr-saxovat koʻrsatmaydi).У (тақводор зот) ҳузурида — зиммасида бирон кимсага қайтариладиган неъмат йўқдир. (Яъни, у бирон кимсанинг ўзига ўтказиб қўйган яхшилигини қайтариш учун хайр-саховат кўрсатмайди).

596-sahifa · 30-juz · 60-hizb596-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva yoʻqва йўқلِأَحَدٍbiror kishi uchunбирор киши учунعِندَهُۥuning huzuridaунинг ҳузуридаمِنhech birҳеч бирنِّعْمَةٍۢyaxshilik (neʼmat)яхшилик (неъмат)تُجْزَىٰٓqaytarilishi lozim boʻlganқайтарилиши лозим бўлган
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻsha taqvodor inson oʻzi qiladigan yaxshiliklarni birovning yaxshiligiga yaxshilik qaytarish uchun emas, xolis, Alloh taoloning roziligi uchun qiladi.

Odatda, koʻpchilik, falonchi bir vaqtlar menga yaxshilik qilgan edi, qarz boʻlib qolib ketmasin, men ham qaytarib qoʻyay, deb pul- mol sarflaydi. Bu, maqtovga sazovor ish emas ekan. Mazkur oyatlardagi ishlar faqat Alloh taoloning roziligini topish uchun qilinadigan yaxshiliklardir.

Ana oʻsha taqvodor inson barcha yaxshiliklarni,