وَمَا خَلَقَ ٱلذَّكَرَ وَٱلْأُنثَىٰٓ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Erkak va urg`ochining yaratilishi bilan qasam.Эркак ва урғочининг яратилиши билан қасам.Alauddin Mansour: Erkak va ayolni yaratgan zotga qasamki,Эркак ва аёлни яратган зотга қасамки,
Ushbu uch oyati karimada Alloh taolo oʻzining uchta ulugʻ neʼmatlari bilan qasam ichmoqda.
Kechasi ulugʻ neʼmat, agar u boʻlmasa, inson uchun yer yuzida yashash imkoni boʻlmas edi.
Shuningdek, kunduzi ham ulugʻ neʼmat, agar vaqt hammasi tundan iborat boʻlib, nahor boʻlmasa, borliqda hayot boʻlishi mahol edi.
Alloh taolo jonzotlarni erkak va urgʻochi qilib yaratishi ham ulkan neʼmat. Oʻylab koʻring, erkak boʻlsa-yu, urgʻochi boʻlmasa yoki aksincha, urgʻochi boʻlsa-yu, erkak boʻlmasa, hayotning davom etish imkoni boʻlarmidi?
Alloh taolo bir-biriga muxolif, qarama-qarshi narsalar bilan qasam ichgani uchun, qasam javobi ham, yaʼni kelasi oyatlar muxolif narsalarda kelyapti.