QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ad-Duha surasi · Oyatсураси · Оят3

مَا وَدَّعَكَ رَبُّكَ وَمَا قَلَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbing seni tark qilgani yo`q, senga g`azab ham qilgani yo`q.Роббинг сени тарк қилгани йўқ, сенга ғазаб ҳам қилгани йўқ.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Parvardigoringiz sizni tark etgani ham yoʻq, yomon koʻrib qolgani ham yoʻqdir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Парвардигорингиз сизни тарк этгани ҳам йўқ, ёмон кўриб қолгани ҳам йўқдир.

596-sahifa · 30-juz · 60-hizb596-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَاemasэмасوَدَّعَكَseni tark qildiсени тарк қилдиرَبُّكَRobbingРоббингوَمَاva emasва эмасقَلَىٰgʻazab qildiғазаб қилди
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima Qurʼonning birinchi oyatlari nozil boʻlganidan keyin Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bir muddat vahiy tushmay qolib, u zot sollallohu alayhi vasallam mahzun boʻlganlarida, mushriklar «Muhammadning Robbisi unga gʻazab qildi, uni tark etdi», deb gap tarqatganlarida, raddiya sifatida tushgandir. Alloh taolo Oʻzining maxluqotlaridan boʻlmish choshgoh va tun bilan qasam ichib Oʻz Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga gʻazab qilmaganini va u zotni tark ham etmaganini taʼkidlamoqda. Vahiyning bir muddat uzilib qolishi esa, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning unga shavqlarini yana ham oshirish uchun boʻlgan, xolos.