أَلَمْ يَجِدْكَ يَتِيمًا فَـَٔاوَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U seni yetim topib, joylab qo`ymadimi?У сени етим топиб, жойлаб қўймадими?Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, Parvardigoringiz) sizni yetim holda topgach, boshpana bermadimi?(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, Парвардигорингиз) сизни етим ҳолда топгач, бошпана бермадими?
Maʼlumki, Muhammad alayhissalom onalari qornida olti oylik homila paytlarida otalari Abdulloh vafot etdi. Soʻngra olti yoshlarida onalari Omina vafot etdilar va u kishi bobolari Abdulmuttolibning tarbiyalarida qoldilar. Ikki yildan soʻng bobolari ham vafot etib, amakilari Abu Tolibning qaramogʻida qoldilar. Abu Tolib ham Paygʻambar alayhissalomni tarbiyalab, yordam berib, himoya qilib olib yurdilar. Qirq yoshga toʻlib, Muhammad alayhissalom Paygʻambar boʻlganlaridan soʻng ham Abu Tolib oʻzi dinga kirmasa-da, himoyasini davom ettirdi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamni kofirlarning yomonliklaridan saqlab turdi. Bu ishlarning barchasi Alloh taoloning inoyati va tadbiri bilan boʻlgan.