ثُمَّ رَدَدْنَـٰهُ أَسْفَلَ سَـٰفِلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra uni asfala saafiliynga qaytardik.Сўнгра уни асфала саафилийнга қайтардик.Alauddin Mansour: Soʻngra (u Biz ato etgan shunday goʻzal surat va mukammal xilqatning shukrini qilmasdan, kufru tugʻyon yoʻliga ketgach), uni asfala-sofilinga (yaʼni, eng tuban doʻzaxga) qaytardik.Сўнгра (у Биз ато этган шундай гўзал сурат ва мукаммал хилқатнинг шукрини қилмасдан, куфру туғён йўлига кетгач), уни асфала-софилинга (яъни, энг тубан дўзахга) қайтардик.
Yaʼni, inson yomon ishlari, notoʻgʻri harakatlari tufayli pastkashlarning ham pastkashi boʻlib ketadi.
Alloh taolo farishtalarni aqlli etib, havoyi nafssiz qilib yaratdi, yaʼni, ularda yeb-ichmoq, jinsiy hojat, hoyi-havas kabi xususiyatlar yoʻq. Shuning uchun, ular doimo ibodatda boʻladilar, gunoh ishlarni qilmaydilar.
Hayvonlarni esa, aqlsiz, faqat jism va jins talablari bilan yaratdi. Ularda yeb-ichmoq, jinsiy hirs bor-u, aql yoʻq, shuning uchun, ular qilgan ishlariga javobgar emaslar.
Ammo inson Alloh taolo yaratgan narsalar ichida eng murakkabidir. Unda aql ham bor, hoyi-havas ham bor. Shuning uchun, inson hoyi-havasdan ustun chiqib, Yaratganiga ibodatda boʻlsa, farishtadan ham afzalroq martabaga erishadi. Ammo havoyi nafsi, hayvoniy hirslari aqlidan ustun kelib, nafsning aytganidan yuradigan boʻlsa, hayvondan ham battar holatga tushadi. Ana oʻshanda asfala saafiliynni koʻraveradi.