QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Alaq surasi · Oyatсураси · Оят19Sajda oyatiСажда ояти

كَلَّا لَا تُطِعْهُ وَٱسْجُدْ وَٱقْتَرِب ۩

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Sen unga itoat qilma! Sajda qil va qurbat hosil qil.Йўқ! Сен унга итоат қилма! Сажда қил ва қурбат ҳосил қил.Alauddin Mansour: Yoʻq! (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz unga itoat etmang va (yolgʻiz) Allohga sajda-ibodat qilib, (U zotga) yaqin boʻling!Йўқ! (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз унга итоат этманг ва (ёлғиз) Аллоҳга сажда-ибодат қилиб, (У зотга) яқин бўлинг!

598-sahifa · 30-juz · 60-hizb598-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَلَّاyoʻqйўқلَاemasэмасتُطِعْهُunga itoat qilунга итоат қилوَٱسْجُدْva sajda qilва сажда қилوَٱقْتَرِب ۩va qurbat hosil qilва қурбат ҳосил қил
TafsirТафсир

Yaʼni, sen hech qachon undoq tugʻyonga ketgan xatokorga ergashma! Sen Allohga sajda qil va U zotga qurbat hosil qil. Ushbu oyat sajda oyatlaridandir. Kim uni oʻqisa yoki eshitsa, tilovat sajdasini qilish vojib boʻladi.

Imom Muslim ulkan sahobiy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Banda Allohga eng yaqin boʻlgan payti–sajda paytidir, u paytda duoni koʻp qilinglar», deganlar.