عَلَّمَ ٱلْإِنسَـٰنَ مَا لَمْ يَعْلَمْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, insonga bilmagan narsasini o`rgatdi.У, инсонга билмаган нарсасини ўргатди.Alauddin Mansour: U zot insonga uning bilmagan narsalarini oʻrgatdi.У зот инсонга унинг билмаган нарсаларини ўргатди.
Avval ham aytib oʻtilganidek, ushbu besh oyat Muhammad sollallohu alayhi vasallam Makkai Mukarrama yaqinidagi Hiro gʻorida «tahannus» deb nomlangan ibodat qilib oʻtirganlarida nozil boʻlgan. Bu muborak besh oyat ilohiy dastur–Qurʼoni Karimning insoniyatga yetib kelgan bosh debochasidir. Xuddi ushbu besh muborak oyat nozil boʻlgan ondan boshlab, insoniyat oʻz tarixidagi eng baxtli, eng nurafshon lahzalarini yashashga boshladi. Ushbu muborak besh oyat nozil boʻlgan lahzadan boshlab, insoniyat oʻz Robbisining abadiy moʻʼjizasi, qoʻllanmasi–Qurʼoni Karimni qabul qilib ola boshladi. Ushbu muborak besh oyat tusha boshlashi ila Alloh taoloning Oʻzi moʻmin musulmon bandalariga ushbu mukammal dasturni hayotlariga tatbiq qilishlarida lutfu inoyat koʻrsatib turdi. Bu–insoniyatning kamolga yetganligi alomati edi. Alloh taolo insoniyatga muvaqqat emas, doimiy va barkamol shariatni ato qilishni boshlagan edi.
Insoniyat tarixidagi bu ulkan hodisani taʼriflashga soʻz ojiz. Koʻpchilik qoʻlidan kelganicha bu ishni qilishga urinib koʻrgan. Ana oʻsha urinishlardan bir misol keltiramiz.
Alloma Ismoil ibn Kasir rahmatullohi alayhi oʻz tafsirlarida bu haqda quyidagilarni yozadilar: «Qurʼondan nozil boʻlgan avvalgi narsa ushbu muborak oyatlardir. Ular Alloh taoloning Oʻz bandalariga koʻrsatgan birinchi rahmatidir. Ularda insonni xalq qilish «alaq»dan boʻlganiga ishora bordir. Insonga u bilmagan narsani taʼlim berish U zotning karamidan ekanligiga ishora bordir. Alloh taolo uni ilm ila sharafladi va ulugʻladi. Bu esa, Odamni farishtalardan ustun qilgan narsadir».
Ha, mana shu oyatlarda qalamning ahamiyatiga ishora bor. Qalam doimo ilmu maʼrifat vositasi, ramzi boʻlib kelgan. Bundan oʻn toʻrt asr avval bu haqiqatni hech kim bilmagan ham. Lekin Qurʼon ilohiy kitob boʻlganidan, buning xabarini oʻzining birinchi oyatlarida berdi.
Undan soʻng kelasi oyatlarda inson tabiatining baʼzi xususiyatlari bayon qilinadi. Jumladan, agar u boy boʻlib, molu mulkka ega boʻlsa, tugʻyonga ketadi. Haddidan oshadi.