Al-Alaq surasi · Oyatсураси · Оят6
كَلَّآ إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ لَيَطْغَىٰٓ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Inson, albatta, tug`yonga ketur.Йўқ! Инсон, албатта, туғёнга кетур.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, (kofir) inson albatta tugʻyonga tushar — haddidan oshar.Дарҳақиқат, (кофир) инсон албатта туғёнга тушар — ҳаддидан ошар.
597-sahifa · 30-juz · 60-hizb597-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَلَّآyoʻqйўқإِنَّalbattaалбаттаٱلْإِنسَـٰنَinsonинсонلَيَطْغَىٰٓtugʻyonga ketadirтуғёнга кетадир
TafsirТафсир
Inson boylik, mansab orttirsa, darrov tugʻyonga ketadi, hovliqadi, haddidan oshadi. Ha, oʻzini bilmagan va shu oʻzini bilmasligi oqibatida Robbisini ham tan olmagan inson oʻzini boy koʻrsa, tugʻyonga ketadi. Bosar-tusarini bilmay qoladi. Oʻz boyligini, oʻz behojatligini oʻzgalardan ustunlik deb oʻylaydi. Undoq odam tugʻyonga ketib, haddidan oshadi va turli gunohlarni sodir etadi.
Oʻsha tugʻyonga ketgan inson bilib qoʻysinki,