QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zalzalah surasi · Oyatсураси · Оят1

إِذَا زُلْزِلَتِ ٱلْأَرْضُ زِلْزَالَهَا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Vaqtiki, yer o`ziga xos zilzilaga tushsa...Вақтики, ер ўзига хос зилзилага тушса...Alauddin Mansour: Qachon Yer oʻzining (eng dahshatli) zilzilasi bilan larzaga tushganida;Қачон Ер ўзининг (энг даҳшатли) зилзиласи билан ларзага тушганида;

599-sahifa · 30-juz · 60-hizb599-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذَاvaqtikiвақтикиزُلْزِلَتِzilzilaga tushsaзилзилага тушсаٱلْأَرْضُyerерزِلْزَالَهَاoʻziga xos zilzilasigaўзига хос зилзиласига
TafsirТафсир

Yaʼni, yer oʻz hajmi, oʻlchoviga yarasha katta zilzilaga tushsa. Qiyomat qoim boʻlganda, yer butunlayicha qattiq zilzilaga tushadi. Hozirgiga oʻxshab uning baʼzi bir nuqtasi sal-pal silkinib qoʻymaydi. Balki, yer oʻzining butun vujudi bilan, hech bir nuqtasi ham qolmay nihoyatda shiddatli zilzilaga tushadi. Ana oʻsha, yerning oʻziga xos zilzilaga tushgani boʻladi. Ana oʻsha zilzila oqibatida...