وَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُۥ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kim zarra og`irligida yomonlik qilsa ham ko`radir.Ва ким зарра оғирлигида ёмонлик қилса ҳам кўрадир.Alauddin Mansour: Kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni ham koʻrur!Ким зарра мисқоличалик ёмонлик қилса, уни ҳам кўрур!
Yaxshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi boʻlmaydi. Hammasining hisob-kitobi boʻladi, qiyomatda javob berish kerak.
Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qiladilarki. Saʼsaʼa ibn Muoviya ismli odam Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganda, ul hazratlari unga «Faman yaʼmal misqola zarratin xoyron yaroh, va man yaʼmal misqola zarratin sharran yaroh»ni oʻqib berganlarida, u «Bundan boshqa narsani eshitmasam ham, menga shuning oʻzi yetarli»,–degan ekan.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Bir xurmoning yarmi yoki bir ogʻiz shirin soʻz bilan boʻlsa ham, oʻzlaringizni doʻzaxdan saqlanglar», deganlar. Yaʼni, yaxshilikning kichigi boʻlmaydi, deganlaridir.
Boshqa bir hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Koʻzga ilinmaydigan gunohlardan saqlaninglar, chunki ular toʻplanib kishini halok qiladi», deganlar.
Har doim, agar koʻzga koʻrinmas zarra miqdorida boʻlsa ham, yaxshilikni qilib, shuningdek, agar koʻzga koʻrinmas zarra miqdorida boʻlsa ham, yomonlikdan qochish kerak.