QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zalzalah surasi · Oyatсураси · Оят7

فَمَن يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُۥ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, kim zarra og`irligida yaxshilik qilsa ham ko`radir.Бас, ким зарра оғирлигида яхшилик қилса ҳам кўрадир.Alauddin Mansour: Bas, kim (hayoti dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa, (Qiyomat Kunida) oʻshani koʻrur.Бас, ким (ҳаёти дунёдалик пайтида) зарра мисқоличалик яхшилик қилса, (Қиёмат Кунида) ўшани кўрур.

599-sahifa · 30-juz · 60-hizb599-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَنbas, kimбас, кимيَعْمَلْqilsaқилсаمِثْقَالَogʻirligidaоғирлигидаذَرَّةٍzarraзарраخَيْرًۭاyaxshilikяхшиликيَرَهُۥuni koʻradirуни кўрадир
TafsirТафсир

Yaxshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi boʻlmaydi. Hammasining hisob-kitobi boʻladi, qiyomatda javob berish kerak.

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qiladilarki. Saʼsaʼa ibn Muoviya ismli odam Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganda, ul hazratlari unga «Faman yaʼmal misqola zarratin xoyron yaroh, va man yaʼmal misqola zarratin sharran yaroh»ni oʻqib berganlarida, u «Bundan boshqa narsani eshitmasam ham, menga shuning oʻzi yetarli»,–degan ekan.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Bir xurmoning yarmi yoki bir ogʻiz shirin soʻz bilan boʻlsa ham, oʻzlaringizni doʻzaxdan saqlanglar», deganlar. Yaʼni, yaxshilikning kichigi boʻlmaydi, deganlaridir.

Boshqa bir hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Koʻzga ilinmaydigan gunohlardan saqlaninglar, chunki ular toʻplanib kishini halok qiladi», deganlar.

Har doim, agar koʻzga koʻrinmas zarra miqdorida boʻlsa ham, yaxshilikni qilib, shuningdek, agar koʻzga koʻrinmas zarra miqdorida boʻlsa ham, yomonlikdan qochish kerak.