حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ مُوسَى الْبَلْخِيُّ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ عُبَيْدٍ، حَدَّثَنِي سُفْيَانُ، - يَعْنِي الْعُصْفُرِيَّ - عَنْ أَبِيهِ، عَنْ حَبِيبِ بْنِ النُّعْمَانِ الأَسَدِيِّ، عَنْ خُرَيْمِ بْنِ فَاتِكٍ، قَالَ صَلَّى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم صَلاَةَ الصُّبْحِ فَلَمَّا انْصَرَفَ قَامَ قَائِمًا فَقَالَ " عُدِلَتْ شَهَادَةُ الزُّورِ بِالإِشْرَاكِ بِاللَّهِ " . ثَلاَثَ مِرَارٍ ثُمَّ قَرَأَ { فَاجْتَنِبُوا الرِّجْسَ مِنَ الأَوْثَانِ وَاجْتَنِبُوا قَوْلَ الزُّورِ * حُنَفَاءَ لِلَّهِ غَيْرَ مُشْرِكِينَ بِهِ } .
Yahyo ibn Muso al-Balxiy bizga aytib berdi: Muhammad ibn Ubayd bizga aytib berdi: Sufyon ‒ yaʼni al-Usfuriy ‒ menga otasidan, u Habib ibn an-Nuʼmon al-Asadiydan, u Xuraym ibn Fotik (roziyallohu anhu)dan aytib berdi. U dedi: «Rasululloh ﷺ subhi sodiq namozini oʻqib boʻlganlaridan soʻng, oʻrnilaridan tik turib uch marta: ‹Yolgʻon guvohlik berish Allohga shirk keltirish bilan teng qilindi›, ‒ dedilar. Soʻng: {Butlar palaganidan saqlaning va yolgʻon soʻzdan saqlaning. Ollohga toat-ibodatda barqaror boʻlgan, Unga shirk keltirmagan holatda (bunday qiling)} oyatini tilovat qildilar».