حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ الْمُبَارَكِ، قَالَ: حَدَّثَنَا سَلْمُ بْنُ قُتَيْبَةَ، قَالَ: حَدَّثَنَا يُونُسُ بْنُ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ قَالَ: سَمِعْتُ زَيْدَ بْنَ أَرْقَمَ يَقُولُ: رَمِدَتْ عَيْنِي، فَعَادَنِي النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم ثُمَّ قَالَ: يَا زَيْدُ، لَوْ أَنَّ عَيْنَكَ لَمَّا بِهَا كَيْفَ كُنْتَ تَصْنَعُ؟ قَالَ: كُنْتُ أَصْبِرُ وَأَحْتَسِبُ، قَالَ: لَوْ أَنَّ عَيْنَكَ لَمَّا بِهَا، ثُمَّ صَبَرْتَ وَاحْتَسَبْتَ كَانَ ثَوَابُكَ الْجَنَّةَ.
Zayd ibn Arqam (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Koʻzim ogʻrib qoldi. Shunda Nabiy ﷺ meni ziyorat qildilar va: «Ey Zayd, agar koʻzing shu dard sababli (koʻrmay) qolsa, nima qilar eding?» dedilar. Men: «Sabr qilardim va (savobini) Allohdan kutardim», dedim. U zot: «Agar koʻzing shu dard sababli (koʻrmay) qolsa-yu, soʻng sabr qilib, (savobini) Allohdan kutsang, mukofoting jannat boʻladi», dedilar.