حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَهَّابِ، قَالَ: حَدَّثَنَا هِشَامٌ، عَنْ مُحَمَّدٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَجُلاً أَتَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم، وَكَانَ جَمِيلاً، فَقَالَ: حُبِّبَ إِلَيَّ الْجَمَالُ، وَأُعْطِيتُ مَا تَرَى، حَتَّى مَا أُحِبُّ أَنْ يَفُوقَنِي أَحَدٌ، إِمَّا قَالَ: بِشِرَاكِ نَعْلٍ، وَإِمَّا قَالَ: بِشِسْعٍ أَحْمَرَ، الْكِبْرُ ذَاكَ؟ قَالَ: لاَ، وَلَكِنَّ الْكِبْرَ مَنْ بَطَرَ الْحَقَّ، وَغَمَطَ النَّاسَ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi — u chiroyli kishi edi — Paygʻambar ﷺ ning oldilariga keldi-da: «Yo Rasululloh, men chiroyni yaxshi koʻradigan kishiman va menga undan oʻzingiz koʻrib turgan narsa berilgan, hatto biror kishi mendan — goh «kovushimning tasmasida», goh «kovushimning ipida» deb aytdi — ortiq boʻlishini yoqtirmayman. Mana shu takabburlikdanmi?» dedi. U zot: «Yoʻq, lekin takabburlik — haqni rad etish va odamlarni mensimaslikdir», dedilar.