حَدَّثَنَا خَلاَّدُ بْنُ يَحْيَى، قَالَ حَدَّثَنَا مِسْعَرٌ، قَالَ حَدَّثَنَا عَدِيُّ بْنُ ثَابِتٍ، سَمِعَ الْبَرَاءَ، رضى الله عنه قَالَ سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقْرَأُ
﴿ وَالتِّينِ وَالزَّيْتُونِ ﴾ فِي الْعِشَاءِ، وَمَا سَمِعْتُ أَحَدًا أَحْسَنَ صَوْتًا مِنْهُ أَوْ قِرَاءَةً.Baroʼ (ibn Ozib) (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Men Paygʻambar ﷺ ni xufton namozida ‹Vat-tiini vaz-zaytun› (Tin surasi)ni oʻqiyotgan holda eshitdim; men Paygʻambar ﷺ ning ovozlaridan shirinroq yoki tilovatidan yaxshiroq (tilovatni) hech eshitmagan edim.