حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ مُوسَى، عَنْ إِسْرَائِيلَ، عَنْ مُوسَى بْنِ أَبِي عَائِشَةَ، أَنَّهُ سَأَلَ سَعِيدَ بْنَ جُبَيْرٍ عَنْ قَوْلِهِ تَعَالَى
﴿ لاَ تُحَرِّكْ بِهِ لِسَانَكَ ﴾ قَالَ وَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ كَانَ يُحَرِّكُ شَفَتَيْهِ إِذَا أُنْزِلَ عَلَيْهِ، فَقِيلَ لَهُ ﴿ لاَ تُحَرِّكْ بِهِ لِسَانَكَ ﴾ ـ يَخْشَى أَنْ يَنْفَلِتَ مِنْهُ ـ ﴿ إِنَّ عَلَيْنَا جَمْعَهُ وَقُرْآنَهُ ﴾ أَنْ نَجْمَعَهُ فِي صَدْرِكَ، وَقُرْآنَهُ أَنْ تَقْرَأَهُ ﴿ فَإِذَا قَرَأْنَاهُ ﴾ يَقُولُ أُنْزِلَ عَلَيْهِ ﴿ فَاتَّبِعْ قُرْآنَهُ * ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا بَيَانَهُ ﴾ أَنْ نُبَيِّنَهُ عَلَى لِسَانِكَ.(Muso ibn Abu Oisha rivoyat qildi)ki, u Saʼid ibn Jubayrdan Alloh taoloning ‹Uni (Qurʼonni) (yodlab olish uchun) tilingni qimirlatma!› (Qiyoma surasi, 16) degan soʻzi haqida soʻradi. U: «Ibn Abbos: ‹U zotga (vahy) nozil qilinganida, u zot ikki lablarini qimirlatar edilar›, dedi. Shunda unga ‹Uni (yodlab olish uchun) tilingni qimirlatma!› (deyildi) — u (Qurʼon) undan qochib (uchib) ketishidan qoʻ rqar edilar. ‹Albatta uni toʻplash va (uni) oʻqitish Bizning zimmamizda(dir)› (Qiyoma surasi, 17) — (yaʼni) uni sening koʻ ksingda (qalbingda) toʻplashimiz, va ‹uni oʻqitishimiz› — uni (oʻ zing) oʻqishing(dir); ‹Bas, Biz uni oʻqiganimizda› (Qiyoma surasi, 18) — yaʼni u zotga nozil qilinganida — ‹uning qiroatiga ergash›. ‹Soʻng, albatta uni bayon qilish Bizning zimmamizda(dir)› (Qiyoma surasi, 19) — uni sening tiling bilan bayon qilishimiz(dir)», dedi.