حَدَّثَنَا مُسْلِمُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، حَدَّثَنَا هِشَامٌ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ أَبِي كَثِيرٍ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " لاَ تُنْكَحُ الْبِكْرُ حَتَّى تُسْتَأْذَنَ، وَلاَ الثَّيِّبُ حَتَّى تُسْتَأْمَرَ ". فَقِيلَ يَا رَسُولَ اللَّهِ كَيْفَ إِذْنُهَا قَالَ " إِذَا سَكَتَتْ ". وَقَالَ بَعْضُ النَّاسِ إِنْ لَمْ تُسْتَأْذَنِ الْبِكْرُ وَلَمْ تَزَوَّجْ. فَاحْتَالَ رَجُلٌ فَأَقَامَ شَاهِدَىْ زُورٍ أَنَّهُ تَزَوَّجَهَا بِرِضَاهَا، فَأَثْبَتَ الْقَاضِي نِكَاحَهَا، وَالزَّوْجُ يَعْلَمُ أَنَّ الشَّهَادَةَ بَاطِلَةٌ، فَلاَ بَأْسَ أَنْ يَطَأَهَا، وَهْوَ تَزْوِيجٌ صَحِيحٌ.
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺdan rivoyat qiladi:) U zot: «Bokira (qiz) — izni soʻralmaguncha, tul (ayol) — buyrugʻi (roziligi) soʻralmaguncha (nikohga) berilmaydi», dedilar. «Yo Rasululloh, uning izni qanday (boʻladi)?» deyildi. U zot: «Jim turishi (bilan)», dedilar. (Buxoriy aytdi:) Baʼzi kishilar esa: «Agar bokira (qiz)dan izn soʻralmasa va (u) turmushga berilmagan boʻlsa, soʻng bir kishi hiyla ishlatib, ‹u (qiz) roziligi bilan unga turmushga chiqqan› deb ikki yolgʻon guvoh keltirsa, qozi (sudya) uning nikohini tasdiqlasa — er guvohlik botil (yolgʻon) ekanini bila turib ham — unga (qizga) yaqinlashishi joiz va bu sahih nikohdir», deydilar (— bu esa togʻri emas).