حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الْقَاسِمِ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ أُمِّ الْمُؤْمِنِينَ، أَنَّهَا خَطَبَتْ عَلَى عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرٍ قُرَيْبَةَ بِنْتَ أَبِي أُمَيَّةَ فَزَوَّجُوهُ ثُمَّ إِنَّهُمْ عَتَبُوا عَلَى عَبْدِ الرَّحْمَنِ وَقَالُوا مَا زَوَّجْنَا إِلاَّ عَائِشَةَ فَأَرْسَلَتْ عَائِشَةُ إِلَى عَبْدِ الرَّحْمَنِ فَذَكَرَتْ ذَلِكَ لَهُ فَجَعَلَ أَمْرَ قُرَيْبَةَ بِيَدِهَا فَاخْتَارَتْ زَوْجَهَا فَلَمْ يَكُنْ ذَلِكَ طَلاَقًا .
Abdurrahmon ibn al-Qosim (rahimahulloh) otasidan, u esa moʼminlar onasi Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilishicha, u (Oisha) Abdurrahmon ibn Abu Bakr uchun Qurayba bint Abu Umayyaga sovchi boʻldi va uni unga nikohlab berishdi. Soʻng ular (Quraybaning qavmi) Abdurrahmondan norozi boʻlib: «Biz faqat Oisha (bor)ligi uchun nikohlab berdik», deyishdi. Shunda Oisha Abdurrahmonga odam yuborib, buni unga aytdi. U esa Quraybaning ishini (ixtiyorini) oʻz qoʻliga berdi, ayol esa erini (nikohda qolishni) tanladi, bu esa taloq boʻlmadi.