وَحَدَّثَنِي عَنْ مَالِكٍ، أَنَّهُ بَلَغَهُ عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، أَنَّهُ قَالَ أَيُّمَا رَجُلٍ تَزَوَّجَ امْرَأَةً وَبِهِ جُنُونٌ أَوْ ضَرَرٌ فَإِنَّهَا تُخَيَّرُ فَإِنْ شَاءَتْ قَرَّتْ وَإِنْ شَاءَتْ فَارَقَتْ . قَالَ مَالِكٌ فِي الأَمَةِ تَكُونُ تَحْتَ الْعَبْدِ ثُمَّ تَعْتِقُ قَبْلَ أَنْ يَدْخُلَ بِهَا أَوْ يَمَسَّهَا إِنَّهَا إِنِ اخْتَارَتْ نَفْسَهَا فَلاَ صَدَاقَ لَهَا وَهِيَ تَطْلِيقَةٌ وَذَلِكَ الأَمْرُ عِنْدَنَا .
Molikka Saʼid ibn al-Musayyab (rahimahulloh)dan yetib kelishicha, u: «Qaysi bir kishi bir ayolga uylansa-yu, oʻzida jinnilik yoki (jismoniy) nuqson boʻlsa, u ayolga ixtiyor beriladi: istasa (nikohda) qoladi, istasa ajraladi», dedi. Molik qulning nikohidagi choʻri, eri unga qoʻshilishidan yoki tegishidan avval ozod qilingani haqida aytdi: «Agar u oʻzini (ajralishni) tanlasa, unga mahr yoʻq va bu bitta taloqdir. Bizning oldimizdagi (amal) shudir».