حَدَّثَنِي يَحْيَى، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، عَنْ بُسْرِ بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ عُبَيْدٍ أَبِي صَالِحٍ، مَوْلَى السَّفَّاحِ أَنَّهُ قَالَ بِعْتُ بَزًّا لِي مِنْ أَهْلِ دَارِ نَخْلَةَ إِلَى أَجَلٍ ثُمَّ أَرَدْتُ الْخُرُوجَ إِلَى الْكُوفَةِ فَعَرَضُوا عَلَىَّ أَنْ أَضَعَ عَنْهُمْ بَعْضَ الثَّمَنِ وَيَنْقُدُونِي فَسَأَلْتُ عَنْ ذَلِكَ زَيْدَ بْنَ ثَابِتٍ فَقَالَ لاَ آمُرُكَ أَنْ تَأْكُلَ هَذَا وَلاَ تُوكِلَهُ .
Saffohning ozod qilingan quli Ubayd Abu Solih (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u shunday dedi: «Men Doru Naxladagi kishilarga oʻzimning matoyimni muddatga (nasiyaga) sotdim. Soʻng Kufaga chiqmoqchi boʻldim, shunda ular menga narxning bir qismini kamaytirib, (qolganini) naqd toʻlashni taklif qilishdi. Men bu haqda Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhu)dan soʻradim. U: ‹Men senga buni yeyishingni ham, boshqaga yedirishingni ham buyurmayman›, dedi».