وَعَن أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقُولُ: لَا تُشَدِّدُوا عَلَى أَنْفُسِكُمْ فَيُشَدِّدَ اللَّهُ عَلَيْكُمْ فَإِنَّ قَوْمًا شَدَّدُوا عَلَى أَنْفُسِهِمْ فَشَدَّدَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ فَتِلْكَ بَقَايَاهُمْ فِي الصَّوَامِعِ والديار (رَهْبَانِيَّة ابتدعوها مَا كتبناها عَلَيْهِم) رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Sahl ibn Abu Umoma rivoyat qilishicha, u va otasi Umar ibn Abdulaziz Madinaga amir boʻlgan zamonda Madinada Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)ning huzuriga kirdilar. Shu payt u zot xuddi musofirning namoziday yoki shunga yaqin, juda yengil va qisqa namoz oʻqiyotgan edilar. Salom bergach, otam: «Alloh sizga rahm qilsin, ayting-chi, bu namoz farz namozmidi, yoki nafl qilib oʻqigan biror narsamidi?» dedi. U: «Bu farz namoz edi va bu Rasululloh ﷺ ning namozlari edi. Men faqat oʻzim unutgan bir narsadagina xato qildim, xolos», dedilar. Soʻng: «Rasululloh ﷺ: ‹Oʻzlaringizga qattiqchilik qilmanglar, aks holda sizlarga ham qattiqchilik qilinadi. Zero bir qavm oʻzlariga qattiqchilik qilgan edilar, Alloh ham ularga qattiqchilik qildi. Manavi ibodatxonalar va makonlardagilar oʻshalarning qoldiqlaridir: {ular oʻzlari toʻqib chiqargan tarki dunyochilik – Biz uni ularga farz qilmagan edik}›, der edilar», dedilar. Soʻng ertasi kuni erta yoʻlga chiqib: «Bir koʻrib, ibrat olishing uchun ulovga minmaysanmi?» dedilar. (U) «ha» dedi-da, hammalari ulovga mindilar. Shu payt ular ahli halok boʻlib, oʻtib, tugab ketgan, tomlari uvada boʻlib qulagan makonlarga duch keldilar. (Anas) «Bu makonlarni bilasanmi?» dedilar. Men: «Bu makonlarni ham, ular ahlini ham yaxshi bilaman. Bular zulm va hasad halok qilgan bir qavmning makonlaridir. Albatta hasad yaxshiliklarning nurini oʻchiradi, zulm esa buni tasdiqlaydi yoki yolgʻonga chiqaradi. Koʻz zino qiladi, kaft, oyoq, jasad, til va avrat esa buni tasdiqlaydi yoki yolgʻonga chiqaradi», dedim.