وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ غيلَان بن سَلمَة الثَّقَفِيَّ أَسْلَمَ وَلَهُ عَشْرُ نِسْوَةٍ فِي الْجَاهِلِيَّةِ فَأَسْلَمْنَ مَعَهُ فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَمْسِكْ أَرْبَعًا وَفَارِقْ سَائِرَهُنَّ» . رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيّ وَابْن مَاجَه
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Gʻaylon ibn Salama as-Saqafiy Islomni qabul qildi, uning johiliyatda oʻnta xotini bor edi, ular ham u bilan birga Islomga kirdilar. Shunda Nabiy ﷺ unga ulardan toʻrttasini tanlab olishga buyurdilar. Abu Iso aytdi: Bu hadisni Maʼmar Zuhriydan, u Solimdan, u otasidan shu tarzda rivoyat qilgan. (Abu Iso) aytdi: Men Muhammad ibn Ismoilning shunday deganini eshitdim: Bu hadis (sanadi jihatdan) mahfuz emas, sahih boʻlgani esa Shuʼayb ibn Abu Hamza va boshqalar Zuhriydan rivoyat qilgani: «Menga Muhammad ibn Suvayd as-Saqafiydan rivoyat qilindiki, Gʻaylon ibn Salama Islomni qabul qildi, uning huzurida oʻnta xotini bor edi». Muhammad aytdi: Zuhriyning Solimdan, u otasidan (rivoyat qilgan) hadisi esa: Saqif (qabilasi)dan bir kishi xotinlarini taloq qildi, shunda Umar unga: Yo xotinlaringga qaytasan, yo Abu Rigʻolning qabri tosh-boʻron qilingani kabi qabringni tosh-boʻron qilaman, dedi. Abu Iso aytdi: Bizning ashoblarimiz Gʻaylon ibn Salamaning hadisiga amal qiladilar, ular orasida Shofiʼiy, Ahmad va Ishoq (bor).