حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، وَإِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ جَرِيرٍ، عَنْ عَبْدِ الْمَلِكِ بْنِ عُمَيْرٍ، بِهَذَا الإِسْنَادِ .
Jobir ibn Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: kufaliklar Saʼd (ibn Abu Vaqqos) ustidan Umar ibn al-Xattobga shikoyat qilib, uning namozini eslatdilar (ayb topdilar). Shunda Umar unga (odam) yuborib chaqirtirdi, u (Saʼd) Umarning oldiga keldi. Umar unga namoz ishida nimani ayb qilganlarini aytdi. (Saʼd): «Men ularga Rasululloh ﷺ ning namozidek namoz oʻqitaman, undan hech narsani kamaytirmayman. Men ularga dastlabki ikki (rakaat)ni choʻzaman, oxirgi ikkisida qisqartiraman», dedi. (Umar): «Sen haqingdagi gumon (yaxshi fikr) ham shu edi, ey Abu Isʼhoq», dedi.