أَخْبَرَنِي أَحْمَدُ بْنُ عُثْمَانَ بْنِ حَكِيمٍ، قَالَ حَدَّثَنَا عَمْرٌو، عَنْ أَسْبَاطٍ، عَنْ سِمَاكٍ، عَنْ حُمَيْدِ بْنِ أُخْتِ، صَفْوَانَ عَنْ صَفْوَانَ بْنِ أُمَيَّةَ، قَالَ كُنْتُ نَائِمًا فِي الْمَسْجِدِ عَلَى خَمِيصَةٍ لِي ثَمَنُهَا ثَلاَثُونَ دِرْهَمًا فَجَاءَ رَجُلٌ فَاخْتَلَسَهَا مِنِّي فَأُخِذَ الرَّجُلُ فَأُتِيَ بِهِ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَأَمَرَ بِهِ لِيُقْطَعَ فَأَتَيْتُهُ فَقُلْتُ أَتَقْطَعُهُ مِنْ أَجْلِ ثَلاَثِينَ دِرْهَمًا أَنَا أَبِيعُهُ وَأُنْسِئُهُ ثَمَنَهَا . قَالَ " فَهَلاَّ كَانَ هَذَا قَبْلَ أَنْ تَأْتِيَنِي بِهِ " .
Safvon ibn Umayya (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Men masjidda oʻzimning bir xamisamning ustida uxlab yotgan edim, uning bahosi oʻttiz dirham edi. Bir kishi kelib, uni mendan oʻgʻirlab ketdi. Haligi kishi ushlandi va Nabiy ﷺning huzurlariga keltirildi. U zot uning qoʻlini kesishga buyurdilar. Men u zotning oldiga kelib: ‹Uni oʻttiz dirham uchun kesasizmi? Men uni unga sotib, bahosini keyinga suraman›, dedim. U zot: ‹Buni sen uni oldimga keltirishingdan avval qilsang boʻlmasmidi?› dedilar».